Saloxiddinova Nigora Inomjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek ayol ijodkorlar she’riyatida poetik obraz va uslub masalasi (Zulfiya Mo‘minova, Zebo Mirzaeva, Halima Ahmedova, Farida Afro‘z she’rlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil 1043.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Abdug‘ofir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ulug‘ov Abdulla, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi davr ayol ijodkorlar she’riyatida poetik obraz va uslub masalasini Zebo Mirzaeva, Halima Ahmedova, Farida Afro‘z, Zulfiya Mo‘minova she’rlarini badiiy-estetik jihatdan tadqiq etishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetik obrazning estetik ko‘lami his-tuyg‘u, kechinma tarzida yanada teranlashgani, ijodkordan yangicha izlanishlarni taqozo etgani ayol shoiralar ijodi misolida aniqlangan;
ayol ijodkorlar she’riyatida an’anaviy va yetakchi poetik obrazlar o‘zining badiiy-g‘oyaviy ko‘lami bilan individuallik kasb etishi ijodkor fitrati (sub’ekt) va ijtimoiy voqelik bilan bog‘liqlikda asoslab berilgan;
ijodkor mahorati uning individual uslubida aks etgan sharqona ruh, milliy o‘ziga xoslik, ayol qalbi manzaralarining nozik kechinmalarda ifodalanishi orqali ochib berilgan;
ayol olamini ifodalovchi poetik so‘zning badiiy-estetik funksiyasi, she’riy kontekstda nutqning gender xoslanish hodisasi ayollarga xos nutqiy odatlar, hissiyotlar, detallar asosida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek ayol ijodkorlar she’riyatida poetik obraz va uslub masalasi mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida:
poetik obraz, uning estetik ta’sirchanligi, ijodkor individual uslubi masalalari, ijodkorning poetik olami, badiiy mahorati, estetik dunyoqarashi xilma-xilligi, lirik kechinma zamiriga singdirilgan badiiy-estetik, ruhiy-psixologik, ijtimoiy-falsafiy mushohadalarning o‘ziga xosligi kabi masalalarni yoritishda Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) hamda FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihalarda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2022 yil 7 maydagi 172/1-son ma’lumotnomasi). Natijada “poetik obraz”, individual uslub”, lirik kechinma” kabi istilohlarning izohlari mukammalashtirilgan.
ayol ijodkorlar she’riyatida an’anaviy va yetakchi poetik obrazlar o‘zining badiiy-g‘oyaviy ko‘lami bilan individuallik kasb etishi ijodkor fitrati (sub’ekt) va ijtimoiy voqelik bilan bog‘liqlikdagi tahlillaridan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Xazinamsan, kitob”, “Munosabat”, “Ma’naviyat - qalb ko‘zgusi” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 8 apreldagi 01-24/84-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabin va she’riyat muxlislari mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar orqali yuqorida nomlari sanalgan shoiralar she’riyatining badiiyati, mahorati, uslubi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan;
ayol olamini ifodalovchi poetik so‘zning badiiy-estetik funksiyasi, she’riy kontekstda nutqning gender xoslanish hodisasi ayollarga xos nutqiy odatlar, hissiyotlar, detallar asosida namoyon bo‘lishi kabi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida yosh ijodkorlar mahoratini shakllantirish, iste’dodli yoshlarning ma’naviy bilimlarini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 5 iyundagi 33-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida esa yosh ijodkor va kitobxonlarga ruhiy olam masalalarini yoritishda shoir va yozuvchilarning alohida uslubi muhim ahamiyat kasb etishi yoritib berilgan.