Isakova Zilolaxon Zokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida baho munosabatining ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil229.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muloqotda baho munosabati, aksiologik, pragmatik baho xususiyatlarining ingliz va o‘zbek tillaridagi til sath birliklari orqali ifodalanishini chog‘ishtirma aspektda ochib berish hamda ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semantik kategoriya sifatida bahoning ingliz va o‘zbek tillaridagi qadrlilik (yuqori, o‘rtacha va quyi ijobiy baho), neytral (ijobiy yoki salbiy), qadrsizlik (yuqori, o‘rtacha va quyi ijobiy baho) kabi jihatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik sathda so‘zning konnatativ va denotativ ma’nolari, grammatik sathda so‘z turkumlari, qo‘shimchalar, inversiya hamda ayrim paralingvistik vositalarning baho ifodalash imkoniyalarining ijobiy va salbiy allomorf hamda izomorf jihatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari nutqda unli, undosh tovushlarni cho‘zib va qavatlab talaffuz qilish orqali neytral, ijobiy va salbiy baho munosabatini ifodalash xususiyatlari ingliz tilida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida fonetik sath birliklari, xususan, prosodik vositalardan urg‘u hamda pauzaning baho ifodalash xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi baho munosabati xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
semantik kategoriya sifatida bahoning ingliz va o‘zbek tillaridagi qadrlilik (yuqori, o‘rtacha va quyi ijobiy baho), neytral (ijobiy yoki salbiy), qadrsizlik (yuqori, o‘rtacha va quyi ijobiy baho) kabi jihatlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik sathda so‘zning konnatativ va denotativ ma’nolari, grammatik sathda so‘z turkumlari, qo‘shimchalar, inversiya hamda ayrim paralingvistik vositalarning baho ifodalash imkoniyalarining ijobiy va salbiy allomorf hamda izomorf jihatlari haqida olingan xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli loyihasida ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy ishlarda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 29 dekabrdagi 751-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari nutqda unli, undosh tovushlarni cho‘zib va qavatlab talaffuz qilish orqali neytral, ijobiy va salbiy baho munosabatini ifodalash xususiyatlari, ingliz va o‘zbek tillarida fonetik sath birliklari, xususan, prosodik vositalardan urg‘u hamda pauzaning baho ifodalash xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan 2020-2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Adabiy jarayon», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarida unumli foydalanilgan va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 28 dekabrdagi 04-25-1968-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiologik baho, uning falsafa, mantiq va tilshunoslik fanlarining tarkibiy qismi sifatida o‘rganilishi hamda ob’ektiv, sub’ektiv bahoning tilshunoslikda o‘rganilishining dastlabki ildizlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi ijobiy va salbiy bahoni aks ettiruvchi til sath vositalari orqali ifodalanishi xususidagi ma’lumotlar radiotinglovchilarga etkazilgan.