Gavxaroy Isroiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biznes turizmi terminlarining kognitiv va lingvokul`turologik tadqiqi (Ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)”,  10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fill225. 
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05. 
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  o‘zbek va ingliz tillarida terminologik maydon va unda biznes turizmi terminlarining tutgan o‘rnini aniqlash, ularni struktural-semantik, funksional-pragmatik, kognitiv jihatdan aniqlash, terminlar tarjimasida ijtimoiylik, shakl va mazmun  hamohangligini  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida ikl bor biznes turizmi terminlarining o‘ziga xos sistemaviyligi, differensialligigi, monosemiklikka intilish tendensiyalari, uslubiy betarafligi kabi xususiyatlari ochib berilib,  biznes turizmi terminologik maydonining transformatsion belgilari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi biznes turizmi terminlarining semantik jihatlari, o‘zaro ijtimoiy-madaniy asoslari orqali har ikkala tilning leksik qatlamidagi ayrim arxaik va tarixiy leksemalar hozirgi kunda ham yangi mazmunda turistik termin sifatida lug‘atlarda talqin etilishi hamda nutq sathini boyitishi dalillangan; 
turistik agentliklar veb-saytlaridagi, gid-tarjimon faoliyatidagi jarayon matnlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girishda o‘zaro tarjima muammolari va tillararo tafovutni muvofiqlashtirish zarurligi asoslanib, tarjima kontekstida til va madaniyatning o‘zaro ta’siri aniqlangan;
ingliz va o‘zbek biznes turizmi terminlarining aktiv va passiv lug‘atlardagi xususiyatlari talqin etilishi orqali leksikografiya tendensiyalari asosida zamonaviy tilshunoslikda sayyohlik terminlari tarjimasiga oid tavsiyalarning etarli emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimdagi tillarda biznes turizmi terminlarining ifodalanishi va kognitiv xususiyatlari, lingvomadaniy masalalari, nutqdagi vazifalarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
o‘zbek tilida ilk bor biznes turizmi terminlarining o‘ziga xos sistemaviyligi, differensialligi, monosemiklikka intilish tendensiyalari, uslubiy betarafligi kabi xususiyatlari ochib berilib,  biznes turizmi terminologik maydonining transformatsion belgilari hamda turistik agentliklar veb-saytlaridagi, gid-tarjimon faoliyatidagi jarayon matnlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girishda o‘zaro tarjima muammolari va tillararo tafovutni muvofiqlashtirish, tarjima kontekstida til va madaniyatning o‘zaro ta’siri haqida olingan xulosalardan 2015-2017 yillarda Andijon davlat universitetida bajarilgan ERASMUS+ dacturining IQAT− "Enhancing capacities in implementation of institutional quality assurance systems and typology using bologna process principles"  561685-EPP-1-2015-1-CZ-EPPKF2-CBHE-JP- raqamli,  ERASMUS+ Xalqaro dasturining IQAT− "Enhancing capacities in implementation of institutional quality assurance systems and typology using bologna process principles" mavzusidagi Erasmus+ capacity building loyihasida (Work packages which were belonged to ASU) ADU va Alikante (Ispaniya) universiteti o‘rtasida tuzilgan Erasmus+ mobility program loyihasi doirasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2021 yil 12 fevraldagi 38-04-320-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ichida tadqiqot ishini takomillashtirishda, xususan mazkur manbalar loyiha materiallarini mukammallashtirgan va talabalarning lingvistik kompetensiyasini oshirgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi biznes turizmi terminlarining semantik jihatlari, o‘zaro ijtimoiy-madaniy asoslari orqali har ikkala tilning leksik qatlamidagi ayrim arxaik va tarixiy leksemalar hozirgi kunda ham yangi mazmunda turistik termin sifatida lug‘atlarda talqin etilishi hamda nutq sathini boyitishi hamda ingliz va o‘zbek biznes turizmi terminlarining aktiv va passiv lug‘atlardagi xususiyatlari talqin etilishi orqali leksikografiya tendensiyalari asosida zamonaviy tilshunoslikda sayyohlik terminlari tarjimasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasi «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Millat va ma’naviyat», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli radioeshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2020 yil 7 dekabrdagi  04-25-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirishlar uchun tayyorlangan medial materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish