Tursunov Bexzodbek Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xorijiy tillar o‘qitilishi va uning rivojlanish tarixi (1924-2021 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/Tar161.
Ilmiy rahbar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Choroev Tinchtikbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Arslonzoda Raxmatjon Arslonboevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xorijiy tillar o‘qitilishi tarixini va uning mustaqillik yillarida yanada takomillashuvi zaruriyatini tarixiy manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sovet davrining dastlabki yillaridan davlat darajasida maktab ta’limida bitta chet tilini bilish majburiyligi belgilangan bo‘lsa-da, malakali kadrlar (chet tili o‘qituvchilari, chet tilini o‘qitish sohasidagi metodistlar) etishmasligi, ayniqsa 1930 yilda xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoki xorijda bo‘lib qaytgan mutaxassislarga nisbatan “kommunistik mafkuradan og‘ish” aybi bilan ta’qiblarning kuchayishi natijasida o‘zbek sharqshunoslik faniga zarba berilib, 1931 yilda sharqshunoslik fakul`teti faoliyati tugatilishiga olib kelganligi aniqlangan; 
1950 yillarning ikkinchi yarmida “iliqlik davri” boshlanishi bilan chet tillarini o‘qitishning sof mafkura asosida qoliplashtirgan maqsadlari jamiyat ehtiyojlari bilan ziddiyatga tushishi, bu esa xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni kengaytirishi tufayli og‘zaki gapiradigan odamlarni shoshilinch ravishda talab qilishi jamiyatning o‘quv dargohlaridagi ta’lim natijalaridan noroziligi hamda chet tillarini o‘qitish jiddiy tanqidiga sabab bo‘lib, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni yuzaga keltirganligi asoslangan;
sovet ittifoqining 1961 yil 27 maydagi “Mamlakatda chet tillar o‘qitishni yaxshilash to‘g‘risida”gi qarori keyin mahalliy kadrlar bilan rusiyzabon mualliflar hamkorligida milliy xususiyatlar hisobga olingan darsliklar tayyorlashga kirishilib, Toshkent va Farg‘ona pedagogika institutlari qoshida chet tillardan mutaxassis-pedagoglar tayyorlaydigan bo‘limlar, 1966 yil Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil qilingan bo‘lsa-da chet tili fanlarining o‘quv dasturlari va metodik ta’minoti rus tilida tayyorlanishi ta’limda asosan rus tiliga urg‘u qaratilishga olib kelganligi dalillangan; 
mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlar va siyosiy etuk mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borishi tarjimashunoslik,  turizm va gid hamrohligi sohalarida kadrlarni tayyorlash Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga, Evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi xalqaro me’yorlarini tatbiq etish esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yuklatilishi tillarni o‘rgatish va o‘qitishni yanada takomillashtirish, kadrlar saviyasini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xorijiy tillar o‘qitilishi va uning rivojlanishiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet ittifoqining 1961 yil 27 maydagi “Mamlakatda chet tillar o‘qitishni yaxshilash to‘g‘risida”gi qarori keyin mahalliy kadrlar bilan rusiyzabon mualliflar hamkorligida milliy xususiyatlar hisobga olingan darsliklar tayyorlashga kirishilib, Toshkent va Farg‘ona pedagogika institutlari qoshida chet tillardan mutaxassis-pedagoglar tayyorlaydigan bo‘limlar, 1966 yil Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil qilingan bo‘lsa-da chet tili fanlarining o‘quv dasturlari va metodik ta’minoti rus tilida tayyorlanishi asosan ta’limda asosan rus tiliga urg‘u qaratilishga olib kelganligiga oid natijalardan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon viloyati filialida bajarilgan ERASMUS+ CBHE dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 noyabrdagi 89-03-4478-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi filialdagi chet tili bo‘yicha malakali mutaxassislarining malaka va ko‘nikmalarini oshirish hamda chet tillari o‘qitilishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlar va siyosiy etuk mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borishi tarjimashunoslik,  turizm va gid hamrohligi sohalarida kadrlarni tayyorlash Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga, Evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi xalqaro me’yorlarini tatbiq etish esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yuklatilishi tillarni o‘rgatish va o‘qitishni yanada takomillashtirish, kadrlar saviyasini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining chet tillarini o‘qitilishini ommalashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 21 fevraldagi 01-09-367-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita faoliyatida turli millat vakillari o‘rtasida chet tillari o‘qitilishini takomillashtirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish