Doniyorov Shoxrux Zafarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Probiotik qo‘llanilgan broyler jo‘jalar erkin oyoq suyaklarining postnatal morfogenezi”, 16.00.02–Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V60.
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Baxtiyar Mamatkulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Tursagatov Jaxongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «ROSS 308» krossiga mansub bo‘lgan broyler jo‘jalar postnatal ontogenezining turli fiziologik bosqichlarida probiotik ta`sirida oldingi (qanot) va orqa oyoq suyaklarining morfometrik, mikroanatomik o‘lchamlari, gistologik hamda kimyoviy tarkibining o‘zgarish dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor probiotik qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan broyler jo‘jalar oldingi (qanot) va orqa oyoq erkin suyaklari makroanatomik ko‘rsatkichlari postnatal ontogenezning 14 kunligiga qadar jadal rivojlanishi aniqlangan;
probiotik qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan broyler jo‘jalar postnatal ontogenezida oldingi (qanot) va orqa oyoq stilopodiy suyaklarining mikroanatomik ko‘rsatkichlaridagi tafovutlar isbotlangan;
probiotik qo‘llanilgan broyler jo‘jalarda oldingi (qanot) va orqa oyoq suyaklari makro- va mikroanatomik o‘lchamlarining o‘sish koeffisientining yuqori bo‘lishi aniqlangan;
probiotik qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan broyler jo‘jalar stilopodiy suyaklari tarkibidagi kul, umumiy organik modda, kal`siy va fosfor miqdorlarining o‘zgarish xususiyatlari ilmiy asoslangan;
sutkada 2 ml probiotik qabul qilgan broyler jo‘jalarda stilopodiy suyaklari epifizidagi osteoblastlar, qizil ilik, qizil ilik sinusoidi kapillyarlari diametrining yuqoriligi aniqlangan;
broyler jo‘jalar oldingi (qanot) va orqa oyoq erkin suyaklarining makro-mikroanatomik, kimyoviy va gistologik ko‘rsatkichlarining postnatal ontogenezda o‘zgarish xususiyatlari, ularga probiotikning ta’sirini e’tiborga olib, ularning 7-kuniga qadar bir kunda 2 ml (1,0 x 109 KHB) miqdordagi probiotikni ichimlik suviga qo‘shib berish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Probiotik qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan broyler jo‘jalar erkin oyoq suyaklarining postnatal morfogenezi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Broyler jo‘jalar postnatal ontogenezida suyaklar morfogeneziga probiotiklarning ta’siri» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 centyabrdagi 02/23-395-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida parrandalar biologiyasi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni boyitish, veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlashda «tayanch-harakat» tizimini postnatal ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlari, probiotiklar ta’sirida ularning morfologik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
probiotiklar broyler jo‘jalarning oshqozon-ichak yo‘li mikroflorasini yaxshilashi hisobiga ular organizmida moddalar almashinuvi jarayonini kuchaytirishi hamda suyaklar tarkibida ayniqsa, kal`siy va fosfor makroelementlari zahirasining ortishini ta’minlashi asosida jo‘jalar postnatal ontogenezining dastlabki kunidan 7-kuniga qadar bir kunda 2 ml (1,0 x 109 KHB) miqdorda probiotik ichimlik suviga qo‘shib berish usuli ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 centyabrdagi 02/23-395-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandalar morfologiyasi yangi ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyitilgan hamda probiotik qo‘llanilgan broyler jo‘jalarning tirik vaznining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish