Abdilakimov Gafur Abdixalikovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro avtomobil` transporti va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investisiyalarni boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt305.

Ilmiy rahbar: Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Sharifxodjaev Usmon Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro avtomobil` transporti va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investisiyalarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xalqaro transport tizimini rivojlantirishga qaratilgan investision loyihalar samaradorligi darajasi rentabellik indeksi, investisiyalardan foydalanishni ichki me’yori va investisiyalarning qoplanish muddati orqali aniqlashda vaqt omiliga ustuvorlik berilib, investision boshqarishning iqtisodiy-tashkiliy mexanizmlari takomillashtirilgan;

investisiyalash ob’ektining raqobat ustunliklari, strategik maqsadlari, quvvati, ushbu faoliyatni amalga oshirish muddatlari va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga muvofiq tarzda loyihani kapital tuzilmasini optimallashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan;

korrelyasion-regression uslubiyatdan foydalanib, xalqaro transport tizimini rivojlantirish uchun jalb etiladigan investision qo‘yilmalar miqdori va yo‘nalishlari hamda logistik xizmatlar dinamikasining o‘zgarish qonuniyatlari uchinchi darajali polinominal funksiya orqali bog‘langanligi aniqlangan, logistik xizmatlar va investisiyalar hajmini bashorat qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

transport – logistik xizmatlarning hajmiga mos xalqaro yo‘nalishlarda ekspluatatsiya qilinishi lozim bo‘lgan avtomobil` transporti vositalarini tanlash, transport xarajatlari, zaruriy investisiyalar miqdorini aniqlashda investisiyalarning samaradorlik darajasi loyihadagi noaniqliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlaydigan zaxiralarni hisobga olish uslubi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:.

Xalqaro avtomobil` transporti va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investisiyalarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

xalqaro transport tizimini rivojlantirishga qaratilgan investision loyihalar samaradorligi darajasi rentabellik indeksi, investisiyalardan foydalanishning ichki me’yori va investisiyaning qoplanish muddati orqali aniqlashda vaqt omiliga ustuvorlik berilib, investision boshqarishning iqtisodiy-tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika yo‘l jamg‘armasining 2017 yil 30 noyabrdagi MA/03-1251-son ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan mexanizmni qo‘llash natijasida yo‘l tizimi investision loyihalarini biznes-rejalari va loyihalarning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish investisiyalash jarayonlarining loyihalash siklini 15-20 foizga qisqartirishga imkon bergan;

investisiyalash ob’ektining raqobat ustunliklari, strategik maqsadlari, quvvati, faoliyatni amalga oshirish muddatlari va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga muvofiq tarzda loyiha kapital tuzilmasini optimallashtirish imkoniyatlari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika yo‘l jamg‘armasining 2017 yil 30 noyabrdagi MA/03-1251-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi investisiyalash ob’ektining quvvati, bajariladigan ishlar muddati, strategik maqsadi va ahamiyatidan kelib chiqib, loyihaning kapital tuzilmasini optimallashtirish investision qo‘yilmalar qiymatini 2-3 foizga (3100 mln. so‘mga) tejalishini ta’minlagan;

korrelyasion-regression uslubiyatdan foydalanib, xalqaro transport tizimini rivojlantirishga jalb etiladigan investision qo‘yilmalar miqdori va yo‘nalishlari hamda logistik xizmatlar dinamikasining o‘zgarish qonuniyatlari uchinchi darajali polinominal funksiya orqali bog‘langanligi, logistik xizmatlar va investisiyalar hajmini bashorat qilish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika yo‘l jamg‘armasining 2017 yil 30 noyabrdagi MA/03-1251-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi avtomobil` yo‘llari tizimi tasarrufidagi tashkilotlar logistika xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini baholash va boshqarish aniqligini oshirgan, transport xarajati miqdorini 10-12 foizga kamaytirgan;

transport – logistik xizmatlarning hajmiga mos xalqaro yo‘nalishlarda ekspluatatsiya qilinishi lozim bo‘lgan avtomobil` transporti vositalarini tanlash, transport xarajati va zaruriy investisiyalar miqdorini aniqlashda investisiyalarni samaradorlik darajasi loyihadagi noaniqliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlovchi zaxiralarni hisobga olish uslubini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatiga joriy etilgan (Respublika yo‘l jamg‘armasining 2017 yil 30 noyabrdagi MA/03-1251-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubni amaliyotga joriy etish natijasida xalqaro yo‘nalishlarda ekspluatatsiya qilinadigan transport vositalarini lizing shartlari asosida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan MAN TGS 19.400 avtomobilini sotib olish ekspluatatsion xarajatlarni 15-16 foizga kamayishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish