Pen Andrey Yur`evichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Integrallashgan funksiyali avtonom intellektual tizimlar yaratish orqali avtomobil` yoqilg‘i quyish shahobchalarining yong‘in-portlash xavfsizligini oshirish”, 
05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/T1244.
ilmiy rahbar: Baxtiyor Abdugafurovich Mavlyankariev, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 
PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozoda Muxammadsodiq qizi - texnika fanlari doktori, dotsent, Toshkent engil sanoat va to‘qimachilik instituti kafedra mudiri; Kurbanov Bobomurod Yunusovich -  texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘ining o‘rinbosari.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi energiya ta’minotini himoya qilish tizimini takomillashtirish va avtomobil` yoqilg‘i quyish shaxobchalarining yong‘in xavfsizligi darajasini integratsiyalashgan yong‘in avtomatlashtirish va signalizatsiya funksiyalariga ega avtonom intellektual tizimlarni yaratishga erishishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
tadqiqotning maqsadli vazifalarini hal qilish doirasida usullarni yaratish orqali avtomobillarga yoqilg‘i yoqilg‘i quyish shaxobchasida yong‘in bilan bog‘liq xavfli vaziyatlarning xavfini kamaytirish va yong‘in xavfsizligi strategiyasini tanlash modeli hamda iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik tamoyillari asosida ko‘p funksiyali qurilmalar tuzilmasini shakllantirish  va baholash modelini takomillashtirishga erishilgan;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasini energiya bilan ta’minlash tizimida yonish manbai paydo bo‘lishini bashorat qilish strategiyasi va uning paydo bo‘lish xavfini avtonom tan olish konstruktiv sxemasi ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasining elektr ta’minotini himoya qilish tizimida resurslarni tejash, fizik-kimyoviy xususiyatlarni tanlash, talab etilgan harakatlar ketma-ketligini amalga oshirish hamda yong‘in signalizatsiyasi va avtomatlashtirish funksiyalarini (yong‘inni o‘chirish) integratsiyalash orqali texnologiya tizimini birlashtirish bo‘yicha uslubiy platforma ishlab chiqilgan;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida yong‘inni aniqlash tizimining ishonchliligini baholash modelini takomillashtirish, hal qilinadigan vazifalarni kompleks va xavfni oldindan aniqlash, uning tizimli kamchiliklarini bartaraf etish, xabarlash tizimi va uning tarkibiy elementlari ishonchliligi farqlari bo‘yicha uslubiy yondashuvning samarali jihatlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrallashgan funksiyali avtonom intellektual tizimlar yaratish orqali avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarining yong‘in-portlash xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
yong‘in haqida xabar beruvchi qurilmalar yong‘in xabarlovchilari ixtirolariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan 2 ta nomlanishdagi patentlar olingan va amaliyotga joriy qilingan. Natijada yong‘inni aniqlashning ishonchliligini oshirish, jadal sur’atlar bilan yong‘inning rivojlanishini oldini olish, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalariga energiya ta’minotini himoya qilish tizimini o‘rnatish va qo‘llash harajatlarini kamaytirishga erishilgan uning samaradorligini 3 foizdan 7 foizgacha oshirish (“OZLITINEFTGAZ” AJning 21.02.22 y. 40/607-sonli guvohnomasi) imkoniyati yaratilgan;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarining yong‘in xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha uskunalarning ko‘p funksiyaliligini shakllantirish ratsionalizatsiyasining uslubiy asoslari ishlab chiqilgan, loyiha qarorlari bo‘yicha olingan natijalarga asosan ixtirolarga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan 4 ta nomlanishdagi patentlar olingan. Ishlanmalar yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor-taktik harakat samaradorligini oshirish va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarida inqirozli vaziyatlarda resurs harajatlarini kamaytirish imkoniyatini yaratgan (“VINLAD” IIChK 6.01.22 y. № 15/16-3 - sonli dalolatnoma). Natijada loyihadan oldingi va loyiha harajatlarini (bir loyiha uchun) 1,5-1,8 barobargacha kamaytirish imkoniyatiga erishilgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish