Maxmudov Saidkarim Saidaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida davlat investisiyasi ta’sirini iqtisodiy baholash», 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt492.
Ilmiy rahbar: Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘aniev Ibragim Mamadievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi markazlashtirilgan investisiyalarni qishloq xo‘jaligi sohalariga ta’sirini iqtisodiy tahlil qilish asosida investisiya samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini kamida besh yil ishlatilishi sharti bilan davlat byudjetidan subsidiya shaklida qoplash taklif etilgan;
qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan sotib olinadigan qishloq xo‘jalik texnikalariga lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizi qismini byudjet hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan;
mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga sotib olingan urug‘ va ko‘chatlar qiymatining 20 foizigacha davlat byudjetidan qoplab berilishi zarurligi asoslangan;
investisiya mablag‘larini qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatiga ta’siri ko‘rsatkichlari asosida investisiyalar samaradorligini 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida davlat investisiyasi ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini kamida besh yil ishlatilishi sharti bilan davlat byudjetidan qoplash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi PQ-4919-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 martdagi 03/35-1325 – son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini ikki baravarga kamaytirishga erishilgan;
qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan sotib olinadigan qishloq xo‘jalik texnikalariga lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizi qismini byudjet hisobidan moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 578-son qarorining 1-ilovasi 9-bandida o‘z aksini topgan(O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 martdagi 03/35-1325 – son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida qishloq xo‘jaligi texnikalari haridi hajmi oshirilib sohani mexanizatsiyalash darajasini 63 foizga etkazish imkonini bergan;
mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga sotib olingan urug‘ va ko‘chatlar qiymatining 20 foizigacha qismini davlat byudjetidan qoplab berilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoning tegishli bandlarida o‘z aksini topgan(O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 martdagi 03/35-1325 – son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi korxonalarda xarajatlarini kamaytirish hisobiga maxsulot ishlab chiqarish rentabelligini 30 foizgacha oshirishga erishilgan;
investisiya mablag‘larini qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatiga ta’siri ko‘rsatkichlari asosida investisiyalar samaradorligini 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4803-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 martdagi 03/35-1325 – son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga jalb qilinadigan investisiya mablag‘larini oldindan maqsadli rejalashtirish imkoniyati yaratilgan.