Nugmanova Umidaxon Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqsil bilan oziqlanishda me’da va ingichka ichakda adaptatsiya jarayonining struktur asoslari», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib238.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Akram Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori; Gulyamov Nariman Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqsil bilan noratsional ovqatlanishda me’da va ingichka ichakning shilliq pardasidagi moslashuvning struktur-funksional mexanizmlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noratsional oqsilli ovqatlanish natijasida me’dani struktur-funksional birligida, ya’ni qoplama-chuqurcha bezsimon xujayralarning epiteliysi, xususiy qobig‘i, me’daning parietal, asosiy va yordamchi hujayralarning topografiyasi ul`trastrukturasida o‘zgarishlar aniqlangan;
tajriba dinamikasida me’dani shilliq qavati asta-sekinlik bilan atrofiyaga uchrashi hamda ingichka ichakda ham atrofiyaning rivojlanishi, kripta va so‘rg‘ichlarning ixtisoslashgan epitelial hujayralarning o‘zaro munosabatining o‘zgarishi isbotlangan;
noratsional ovqatlanishda biriktiruvchi to‘qima va tomirlarning mikrotserkulyator tizimining epitelial hujayralarning struktur-funksional holati o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
me’da va ichakdagi struktur o‘zgarishlar adaptatsion bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan funksional tizimlarning reaksiyasi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oqsil bilan oziqlanishda me’da va ingichka ichakda adaptatsiya jarayonining struktur asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqsilli ovqatlanishda me’da va ingichka ichakning struktur-funksional tizimlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish natijalari asosida «Hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan xastalagan bemorlarning ovqatlanishini optimallashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sifatsiz, me’yoriy darajada ovqatlanmaslik natijasida hazm qilish a’zolari va ingichka ichakning morfologik o‘zgarishlari va shilliq qavatining atrofiyasiga olib kelishini aniqlash, noratsional ovqatlanishning salbiy ta’sirlarining oldini olish va morfologik ko‘rsatkichlar asosida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
oqsil bilan oziqlanishda me’da va ingichka ichakda adaptatsion jarayonning struktur asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi institutlararo markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining markaziy tadqiqot laboratoriyalari va Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining morfologik yo‘nalishlari kafedralarida o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 8n-3/54-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sifatsiz oqsilli ovqatlanish tartibi hazm qilish tizimi organlarining kasalliklari, me’da shilliq qavatining destruktiv o‘zgarishlariga olib kelishi, shilliq qavatlarning atrofiyasi, me’daning fundal qismi va zichligi kamayishining oldini olish uchun mutanosiblashtirilgan nutrient davo tizimini ishlab chiqish imkonini bergan.