Ummataliev Sohibjon Hikmatali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriyning “Futuh al-buldon” asarida Movarounnahr tarixining yoritilishi”. 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar833.
Ilmiy rahbar: Nasrullaev Ne’matullo Hikmatullaevich, tarix fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Ashirbek Kurbanovich, tarix fanlari doktori, professor; Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriy “Futuh al-buldon” asarining Movarounnahr tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VII asr oxiri – VIII asr boshlarida Turk hoqonligi tomonidan Tibet davlatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xitoyning Tan sulolasiga qarshi harbiy qo‘shin yuborilganligiga javoban Tibet hukmdori 704 yilda arablarga qarshi kurash uchun Movarounnahrga harbiy kuchlarni jo‘natib, qo‘shinning 70 mingga etishiga ko‘maklashgani “Futuh al-buldon” asosida aniqlangan;
IX asrda arab xalifaligidagi turkiy harbiylarni muntazam tanqid qiluvchi Abdulaziz ad-Davriy (عبد العزيز الدوري), Muhammad Suhayl Toqus (محمد سهيل طقوس) kabi tadqiqotchilar movarounnahrlik qo‘mondonlarning 20 yildan ortiq davom etgan Bobek isyonini bostirish va xalifalikdagi ichki tartibni saqlash borasidagi shijoat va g‘ayratlarini ijobiy baholagani ochib berilgan;
ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda islom dinini tarqatish yo‘lidagi harbiy yurishlarni nafaqat arab sarkardalari, balki mahalliy hukmdorlar ham amalga oshirgani “Futuh al-buldon”da 839 yilda Nuh ibn Asadning Isfijobga qilgan yurishiga nisbatan fath (فتح – ochish, egallash) atamasi qo‘llanilgani orqali dalillangan;
“Futuh al-buldon”da kelgan “Urasht” (اورشت) shahri miloddan avvalgi I asrda Xitoy manbalaridagi Farg‘ona vodiysining markazi sifatida zikr qilingan “Ershi” shahriga va hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Mingtepa yodgorligiga to‘g‘ri kelishi ushbu ikki so‘zning etimologik yaqinligi hamda ularning manbalarda keltirilgan joylari tavsifi mutanosibligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriyning “Futuh al-buldon” asarida Movarounnahr tarixining yoritilishi” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
VII asr oxiri – VIII asr boshlarida Turk hoqonligi tomonidan Tibet davlatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xitoyning Tan sulolasiga qarshi harbiy qo‘shin yuborganligiga javoban Tibet hukmdori 704 yilda arablarga qarshi kurash uchun Movarounnahrga harbiy kuchlarni jo‘natib, qo‘shinning 70 mingga etishiga ko‘maklashgani “Futuh al-buldon”da kelgan ma’lumotlar asosida aniqlangani haqidagi ilmiy xulosalardan I-BV-2019-14 sonli – “Axsikent Qoraxoniylar davri (XI-XII asrlar) tarixiy topografiyasi va uni turizm ob’ektiga aylantirish” mavzusidagi loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasining 2022 yil 18 apreldagi 7 son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy voqealarning sabab va mohiyatlarini kengroq ochib berishga xizmat qilgan;
IX asrda arab xalifaligidagi turkiy harbiylarni muntazam tanqid qiluvchi Abdulaziz ad-Davriy (عبد العزيز الدوري), Muhammad Suhayl Toqus (محمد سهيل طقوس) kabi tadqiqotchilar ham movarounnahrlik qo‘mondonlarning 20 yildan ortiq davom etgan Bobek isyonini bostirish va xalifalikdagi ichki tartibni saqlash borasidagi shijoat va g‘ayratlarini ijobiy baholagani ochib berilganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi”, “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari” nomli darslik va qo‘llanmalarning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning 2022 yil 14 noyabrdagi 02-03/8705-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda “Futuh al-buldon” asari islom tarixining shakllanishiga oid asosiy manbalardan ekani to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini bergan;
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda islom dinini tarqatish yo‘lidagi harbiy yurishlarni nafaqat arab sarkardalari, balki mahalliy hukmdorlar ham amalga oshirgani “Futuh al-buldon”da 839 yilda Nuh ibn Asadning Isfijobga qilgan yurishiga nisbatan fath (فتح – ochish, zabt etish) atamasi qo‘llanilgani orqali dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan “Sunani Termiziy” asarining ilmiy-izohli tarjimasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 13 apreldagi 01-07/40). Natijada Movarounnahr tarixiga oid ma’lumotlarning hududdagi ilmiy jamoatchilikka etkazilishiga xizmat qilgan;
“Futuh al-buldon”da kelgan “Urasht” (اورشت) shahri miloddan avvalgi I asrda Xitoy manbalaridagi Farg‘ona vodiysining markazi sifatida zikr qilingan “Ershi” shahriga va hozir Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Mingtepa yodgorligiga to‘g‘ri kelishi ushbu ikki so‘zning etimologik yaqinligi hamda ularning manbalarda keltirilgan joylari tavsifi mutanosibligi asosida aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Taqdimot» tizimli ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 iyuldagi 02-40-1247-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ershi shahrining bugungi kundagi o‘rni va uning o‘rta asrlarda qanday nom bilan yuritilgani ilmiy jamoatchilikka etib borishiga hissa qo‘shgan.