Asrorov Akmal Majitovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘sak qurtiga qarshi keng qo‘llaniluvchi insektisidlarning g‘o‘zadagi ba’zi faol birikmalar biosinteziga ta’siri», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K88.

Ilmiy rahbar: Salixov Shavkat Ismoilovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Mavlonov G‘afurjon Turdalievich, kimyo fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za ikkilamchi metabolitlari va himoyaviy oqsillarining abiotik stressga chidamlilik indikatorlari sifatidagi rolini aniqlash, o‘simlikning so‘ruvchi zararkunandalar–g‘o‘za shirasi va o‘rgimchakkanaga nisbatan chidamliligiga insektisidlarning salbiy ta’sirlarini baholashning kompleks metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

piretroidlar ta’sirida g‘o‘za barglaridagi antifidant terpenoid al`degidlar miqdorining kamayishi aniqlangan;

g‘o‘za barglaridagi glutation va umumiy tiol guruhlar miqdori insektisidlar ta’sirida mos tarzda o‘zgarganligi aniqlangan;

sumi-al`fa preparati bilan ishlov berilgan g‘o‘za barglarida ribuloza-1,5-bisfosfat karboksilaza (RuBisCo)ning yangi polipeptidi hosil bo‘lganligi aniqlangan va uning qisman aminokislota ketma-ketligi isbotlangan;

sumi-al`fa preparati ta’sirida elongatsiya faktori va fruktozo-bisfosfat al`dolaza fermentlari miqdorining ortishi aniqlangan va fermentlar izoformalarining qisman aminokislota tarkibi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘zadagi biokimyoviy jarayonlarga turli sinf insektisidlarining ta’sirini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati»ga kiritilgan insektisidlar–avaunt, karate, sumi-al`fa, sipermetrin, lanneyt va karbofosning qo‘llanilishi ta’sirida g‘o‘zaning ikkilamchi metabolitlaridagi miqdoriy o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan (Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasining 2017 yil 13 noyabrdagi 2-5-187-son ma’lumotnomasi).  Ushbu metodik tavsiyalar zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalarni qo‘llash tizimiga ma’lum tarkibiy o‘zgartirishlarni kiritish imkonini bergan;

lanneyt preparati ta’sirida g‘o‘za barglaridagi polifenoloksidaza va xitinaza fermentlari faolliklarining ortishi KXA-9-054 raqamli «Ekinlarni navbatlab ekish tizimining o‘zgarishi hamda takroriy ekiladigan o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoyalashni nazarda tutib g‘o‘zani uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini takomillashtirish» mavzusidagi loyihada turli insektisidlarning o‘simlikka ta’sirini belgilashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 20 noyabrdagi FTA-02-11/1120-son ma’lumotnomasi). Natijada nishon qilib olingan o‘simlik zararkunandasiga lanneyt preparatining samaradorligini aniqlash imkonini bergan;

g‘o‘za genomidagi xitinazalarning in-silico tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Kirill va Mefodiy universitetida e’tirof etilgan va ilmiy manba sifatida foydalanilgan (Slovakiya Respublikasi Kirill va Mefodiy universitetining 2017 yil 17 avgustdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi o‘simliklardagi oqsillarning funksional evolyusiya prinsiplarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish