Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eron tashqi siyosatida “yumshoq kuch” (XX asr oxiri – XXI asr boshi)”, 07.00.05-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar933.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Nodir Abdulxaevich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, PhD/03/30.12.2021/Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor; Farmonov Raxmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Eron tashqi siyosatidagi “yumshoq kuch” konsepsiyasining strategik, geosiyosiy ahamiyati, uning resurs va vositalari hamda siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga imkon beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi shart-sharoitlarning siyosiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tehronning mintaqaviy va xalqaro muammolarini bartaraf etish, tashqi siyosatini ilgari surishda dunyoda so‘zlashuvchilar soni jihatidan ko‘pchilikni tashkil etuvchi fors, arab, hind, urdu, ingliz, ispan, rus tillaridagi Eron ommaviy axborot vositalari xalqaro sanksiyalar sharoitida asosiy minbar va muhokamalar maydoni vazifasini bajarayotgani isbotlangan;
Eron Oliy rahbari Ruhulloh Xumayniy ta’limotlari bo‘yicha Yaqin va O‘rta Sharqda siyosiy-iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosati armiya, raketa-yadro dasturi hamda fors madaniyati, san’atidan iborat “qattiq” va “yumshoq” kuchlarga (resurslarga) tayanishi asoslangan;
Tehron tashqi siyosatida “musulmon birdamligi”, “shia hamjihatligi” kabi diniy-siyosiy g‘oyalarga urg‘u berishi Eron atrofida aholisining aksarini shia vakillari tashkil etuvchi davlatlardan iborat xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan strategiya ekanligi dalillangan;
Eron diplomatiyasida davlatlarga ta’sir qilishning lobbizm, siyosiy imijni shakllantirish texnologiyalarining qo‘llanishi va rivojlanish bosqichlari, respublikaning mintaqadagi tashqi siyosatining konseptual asoslari, xalqaro maydondagi geostrategik o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eron tashqi siyosatida “yumshoq kuch” konsepsiyasini qo‘llash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Tehronning mintaqaviy va xalqaro muammolarini bartaraf etish, tashqi siyosatini ilgari surishda dunyoda so‘zlashuvchilar soni jihatidan ko‘pchilikni tashkil etuvchi fors, arab, hind, urdu, ingliz, ispan, rus tillaridagi Eron ommaviy axborot vositalari xalqaro sanksiyalar sharoitida asosiy minbar va muhokamalar maydoni vazifasini bajarayotgani borasidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 16 martdagi 18/9064-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va Eron o‘rtasida madaniy munosabatlarni olib borish, Eron tashqi siyosatidagi “yumshoq kuch” vositalari Markaziy Osiyo mintaqasi respublikalariga ta’siri borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Eron Oliy rahbari Ruhulloh Xumayniy ta’limotlari bo‘yicha Yaqin va O‘rta Sharqda siyosiy-iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosati armiya, raketa-yadro dasturi hamda fors madaniyati, san’atidan iborat “qattiq” va “yumshoq” kuchlarga (resurslarga) tayanishi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 8 sentyabdagi 01-27/406-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, jamiyatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlari o‘z faoliyatida inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv mexanizmiga tayanish zaruriyati bo‘yicha takliflar tayyorlashga xizmat qilgan.
Tehron tashqi siyosatida “musulmon birdamligi”, “shia hamjihatligi” kabi diniy-siyosiy g‘oyalarga urg‘u berishi Eron atrofida aholisining aksarini shia vakillari tashkil etuvchi davlatlardan iborat xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan strategiya ekanligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlash jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2021 yil 26 fevraldagi 05-5/181-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur sohadagi axborot-tahliliy ma’lumotlarning kengayishiga tahliliy materiallarning ilmiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.
Eron diplomatiyasida davlatlarga ta’sir qilishning lobbizm, siyosiy imijni shakllantirish texnologiyalarining qo‘llanishi va rivojlanish bosqichlari, respublikaning mintaqadagi tashqi siyosatining konseptual asoslari, xalqaro maydondagi geostrategik o‘rni borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy halqaro ilmiy-tadqiqot markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Buxoriy halqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 6 sentyabrdagi 02/432-son ma’lumotnomasi). Natijada tashqi siyosiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan ilmiy-tahliliy ishlarning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.