Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi suv havzalari zooplanktoni», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B104.

Ilmiy rahbar: Mirabdullaev Iskandar Mirbatirovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.

Rasmiy opponentlar: Izzatullaev Zuvaydullo Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi suv havzalari zooplankton organizmlarining tur tarkibi, morfolo-ekologik xususiyatlari, sifat va miqdor jihatidan rivojlanishini aniqlash hamda suv havzalari mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Farg‘ona vodiysi suv havzalari uchun zooplankton organizmlarining 133 turdan iboratligi aniqlangan va shulardan 27 turi hudud uchun, 5 tasi O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur ekanligi aniqlangan;

shoxdor muylovli (Cladocera) va eshkak oyoqli qisqichbaqasimonlarning (Sopepoda) Diaphanosoma, Daphnia, Moina va Mesocyclops urug‘ turlarini identifikatsiyalash qiyin bo‘lgan turlarini aniqlash uchun aniqlagichlar yaratilgan;

zooplankton organizmlarning sifat va miqdor jihatidan rivojlanish dinamikasi hamda mavsumiy suksessiyasi aniqlangan va ularning suv ekotizimidagi ahamiyati baholangan;

baliqchilik xo‘jaliklarida zooplankton organizmlarini tabiiy holda ko‘paytirib, baliq chavoqlarini oziqlantirish evaziga ularning yashovchanligini oshirishi isbotlangan;

zooplankton organizmlardan suv ekotizimlarida bioindikator sifatida va suv havzalarini ekologik monitoring qilishda foydalanish yo‘llari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘onavodiysi suv havzalari zooplankton organizmlarini tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:

baliqchilik xo‘jaligi suv havzalari zooplankton organizmlaridan baliqlarning tabiiy ozuqasi sifatida foydalanish va hovuzlarning tovar baliqlari mahsuldorligini oshirish yo‘llari Farg‘ona va Namangan viloyatlari baliqchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 12 dekabrdagi 02/12-631-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik xo‘jaliklarida tovar baliqlari mahsuldorligini 8–10% oshirish imkonini bergan;

zooplankton organizmlarni yalpi ko‘paytirish asosida baliq chavoqlarining yashovchanligini oshirish usullari “Farg‘onabaliqsanoat”, “Namanganbaliqsanoat” MChJ tasarrufidagi baliqchilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2017 yil 30 oktyabrdagi 08/120-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik xo‘jaliklarida etishtiriladigan baliq chavoqlari vaznini 17%, yashovchanligini 10% oshirish imkonini bergan;

zooplankton organizmlardan suv havzalarining bioindikatori sifatida foydalanish yo‘llari Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari suv havzalarining ekologik monitoringini amalga oshirishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 15 dekabrdagi 01/12-01-855-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy va sun’iy suv havzalarining organik ifloslanishini aniqlash va sanitariya holatini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish