Ro‘zinazarov Mirjalol Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi manba – ferrorezonansli tok stabilizatorlarining tahlili va tadbiqi», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3003
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Muxtarxan Ibadullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Abidov Qudrat Gayratovich, texnika fanlari doktori, professor; Bedriskiy Ivan Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: manba kuchlanishi va yuklama qarshiligining keng oraliqda o‘zgarishiga nisbatan tok barqarorligini ta’minlovchi  ferrorezonansli tok stabilizatori sxemasini tuzish va tadbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch konturli ferrorezoans zanjir sxemalarini garmonikalar muvozanati usuli asosida, manba kuchlanishi va yuklama qarshiligi keng oraliqda o‘zragishiga nisbatan tok barqarorligini ta’minlaydigan tok stabilizatorlarini yaratish asoslangan; 
manba kuchlanishi va yuklama parametrlari  o‘zgarishiga nisbatan tokning barqarorlik chegaralarini  aniqlash uchun hisoblash algoritimi ishlab chiqilib tok stabilizatorining matematik modeli yaratilgan; 
rezonans konturlar vol`t-amper tavsiflari yig‘indisiga asoslangan tokning barqarorligini keng oraliqda ta’minlovchi ferrorezonansli tok stabilizatorining sxemasi ishlab chiqilgan; 
tok stabilizatorining yuklamali rejimlarini tahlil qilish asosida uning parametrlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uch konturli rezonans zanjirni yuklamali rejimini tahlil va tadbiqini natijasi asosida:
rezonans konturlar vol`t-amper tavsiflari yig‘indisiga asoslangan uch fazali tizimdan ta’minlanadigan akkumulyator batareyalarini stabil tok bilan zaryadlovchi qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 05783, 2019). Natijada qurilma yordamida chiqish kuchlanishi har xil bo‘lgan akkumulyator batareyalarini zaryadlash imkoni yaratilgan.
akkumulyator batareyalarini stabil tok bilan ta’minlaydigan uch fazali qurilma “O‘zbekiston temir yullari” AJning “1-son Energomontaj poezdi” UKda akkumulyator batareyalarini zaryadlashda joriy qilingan (O‘zbekiston temir yullari” AJning 2022 yil 30 sentyabrdagi E-1150 sonli ma’lumotnomasi). Natijada zaryadlash jarayonida akkumulyator batareyalarini uch fazali tizimdan ta’minlanishi zaryadlash quvvati  marta ko‘payib, yillik iqtisodiy samaradorlik 105 398 190 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish