Abdumannopov Abdullo Maxamadsoli o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bog‘ qator oralarini ekin ekishga tayyorlovchi kombinatsiyalashgan mashinaning asosiy parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2311
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Boyboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasirov Ilxom Zokirovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘ qator oralaridan samarali foydalanish uchun bir o‘tishda tuproqni ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashinani ishlab chiqish va uning asosiy ish organlarining parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish hamda sarf harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘ qator oralari sabzavot va poliz ekinlarini ekish uchun bir o‘tishda ekishga tayyorlovchi energiya-resurstejamkor texnologiya va uni amalga oshiruvchi kombinasiyalashgan mashinaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kombinasiyalashgan mashina tig‘li yumshatgich ish organining tuproqqa kirish va o‘tkirlanish burchagi, tig‘ning qalinligi o‘lchamlari hamda tortishga qarshiligi aniqlash imnonini beradigan ifodalar tuproqning xossalari va mashinaning tezligini hisobga olgan xolda o‘zgarish chegaralari aniqlangan;
bog‘ qator oralariga sabzavot va poliz ekinlarini ekishning agrotexnik talablari asosida kombinasiyalashgan mashinaning egat ochgich ish organi ko‘kragining balandligini, kanotlarining kengligini, tuproqqa kirish burchagini aniqlash imnonini beradigan ifodalar tuproqning xossalari hisobga olgan xolda aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida kombinatsiyalashgan mashina tig‘li yumshatgich va egat ochgichning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganilgan, ularni ifodalovchi empirik formulalar va regressiya tenglamalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublika bog‘ qator oralarini ekin ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan kombinasiyalashgan mashina tig‘li yumshatgich va egat ochgich ish organlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bog‘ qator oralarini ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashina (№ FAP 01983) va ish organi (№ FAP 01896) uchun foydali modeliga 2 dona patentlari olingan. Kombinasiyalashgan mashinaga dastlabki talablar va uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr №07/24-04/6799-son ma’lumotnomasi). Natijada bir borib qaytishda bog‘ qator oralarini ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashina yaratilgan;
bog‘ qator oralarini ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashinaning tajriba nushasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Axborot maslahat markazi» DUK da va Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida hamda Andijon viloyati Paxtaobod tumani bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr №07/24-04/6799-son ma’lumotnomasi). Natijada tig‘li yumshatgich va egat ochgich bilan jihozlangan kombinasiyalashgan mashina qo‘llanilganda mehnat sarfi 45 % ga va bir gektar maydonga sarflangan ekspulatatsion harajatlar 32 % ga kamayishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan kombinasiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» mchj da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr №07/24-04/6799-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tig‘li yumshatgich va egat ochgich bilan jixozlangan bog‘ qator oralarini ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashinani ishlab chiqish imkoni yaratilgan.