Matyakubov Nurbek Rayimberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda uy-joy siyosati (1991-2021 yy.): tarixiy tahlil”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1031.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda uy-joy siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda uy-joy siyosati uy-joy fondlarini xususiylashtirish oqibatida xususiy turar-joylar ulushining oshganligi (1991-2000 yy.), aholining ma’lum bir qatlamlari uchun uy-joy qurilishining kengayganligi (2001-2015 yy.), barcha aholi qatlamini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida shahar va qishloq hududlarida turar-joylar qurish rivojlanganligi (2016-2021 yillar) kabi uchta bosqichda shakllanganligi asoslangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida turar-joylarni asosan mahalliy aholining o‘zlari qurganligi, keyinchalik xususiy qurilish tashkilotlarining yuzaga kelishi hamda aholiga imtiyozli kreditlar asosida turar-joylar taklif etilishi natijasida aholining tayyor turar-joylarni sotib olish imkoniyati oshganligi dalillangan;
1991-2021 yillar oralig‘ida shahar va qishloq hududlarida yakka tartibdagi va ko‘p qavatli turar-joylar qurilishining rivojlanib borishi bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni hajmining oshishiga olib kelganligi aniqlangan; 
kommunal xizmat ko‘rsatish shirkatlarining tashkil etilishi natijasida sohani markazlashtirilgan holda boshqarish amaliyoti tugatilganligi va bu holat aholining kommunal xo‘jalik bo‘yicha muammolarini samarali echishga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda uy-joy sohasi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
mustaqillikning dastlabki yillarida turar-joylarni asosan mahalliy aholining o‘zlari qurganligi, keyinchalik xususiy qurilish tashkilotlarining yuzaga kelishi hamda aholiga imtiyozli kreditlar asosida turar-joylar taklif etilishi natijasida aholining tayyor turar-joylarni sotib olish imkoniyati oshganligi, kommunal xizmat ko‘rsatish shirkatlarining tashkil etilishi natijasida sohani markazlashtirilgan holda boshqarish amaliyoti tugatilganligi va bu holat aholining kommunal xo‘jalik bo‘yicha muammolarini samarali echishga xizmat qilganligiga oid tahliliy ma’lumotlar va olingan ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va komissiyalari majlislarida mulk huquqi, uy-joyga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, uy-joydan foydalanishda yangi huquqiy munosabatlar hamda er uchastkalari taqsimlanishda ochiqlik va shaffoflik ta’minlashga doir qonun loyihalar muhokamasida hamda qo‘mita va komissiyalarning nazorat-tahlil faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijalarning Senatning uy-joy sohasiga doir qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilishi ushbu huquqiy hujjatlarning yanada takomillashuviga hamda qo‘mita va komissiyalar nazorat-tahlil faoliyatida tarixiy-tahliliy ma’lumotlardan keng foydalanishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda uy-joy siyosati uy-joy fondlarini xususiylashtirish oqibatida xususiy turar-joylar ulushining oshganligi (1991-2000 yy.), aholining ma’lum bir qatlamlari uchun uy-joy qurilishining kengayganligi (2001-2015 yy.), barcha aholi qatlamini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida shahar va qishloq hududlarida turar-joylar qurish rivojlanganligi (2016-2021 yillar) kabi uchta bosqichda shakllanganligi, 1991-2021 yillar oralig‘ida shahar va qishloq hududlarida yakka tartibdagi va ko‘p qavatli turar-joylar qurilishining rivojlanib borishi bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni hajmining oshishiga olib kelganligiga oid ma’lumotlardan “O`zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O`zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 28 iyuldagi 02-06-1190-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning mustaqillik yillarida O‘zbekistonda uy-joy siyosati tarixi, jumladan, shahar va qishloq hududlarida uy-joy qurilishning rivojlanishi, turar-joyga nisbatan mulk huquqining kuchayishi, uy-joy qurilishni davlat tomonidan huquqiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlanishining ortib borishi to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish