Allamuratov G‘ayrat Abatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi qoraqalpoq romanlarida portret poetikasi (Sh.Seytov, Q.Matmuratov, K.Karimov romanlari misolida)», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2032.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kamalova Dilfuza Enuarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq romanlarida qahramon portretining poetik tabiati va turlarini qoraqalpoq yozuvchilari Sh.Seytov, Q.Matmuratov va K.Karimov romanlari misolida ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
statik portret turining yaratilishida Sh.Seytov rus adabiyoti namoyandasi L.N.Tolstoy ijodiga taqlid qilganligi, yozuvchi K.Karimovning «oilaviy portret» va «parallel portret» yo‘nalishida badiiy-uslubiy izlanishlar olib borganligi, Q.Matmuratovning prototipi bor qahramonlar (Lepesbay) portretiga statistik usulda yondashuvi aniqlangan;
hozirgi qoraqalpoq romanlari epik bayon tarzida adabiy qahramon yaratish va xarakterlar ruhiyatini badiiy asoslashda dinamik portretni qo‘llash, Sh.Seytov personajning mimik xatti-harakatini, K.Karimov ong oqimini mufassal ifoda, Q.Matmuratovning reflektiv odat va xulqni tasvirlash usuli muallifning ijodiy individualligi sifatida ochib berilgan;
hozirgi qoraqalpoq romanlarida personaj portretini konkretlashtirish, qahramonning ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeini ko‘rsatish bilan birga inson hayotini talqin etishda somatik, vestial, kinetik portret-detallarning sintezlashgan usullari ochib berilgan;
adabiyotshunoslikda qahramon portretining badiiy tabiati bo‘yicha ilmiy-nazariy xususiyatlarga ijodkor uslubi nuqtai nazaridan aniqlik kiritilib, statik, dinamik, somatik, vestial, kinetik turlari asoslangan,
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq romanlarida portret poetikasini yozuvchilar Sh.Seytov, Q.Matmuratov, K.Karimov romanlari misolida o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
adabiyotshunoslikda qahramon portretining badiiy tabiati bo‘yicha ilmiy-nazariy xususiyatlarga ijodkor uslubi nuqtai nazaridan aniqlik kiritilib, statik, dinamik, somatik, vestial, kinetik turlari va tasnif qonuniyatlari bo‘yicha asoslangan ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi loyihasini bajarishda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 14 fevraldagi 52/1-son ma’lumotnomasi) qo‘llanilgan. Natijada hozirgi qoraqalpoq romanlarida qahramon obrazi va portret xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha dissertatsiyadagi nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar unda asosiy manba sifatida qo‘llanilgan;
statik portret turining yaratilishida Sh.Seytovning ijodiy taqlidi (L.N.Tolstoy), yozuvchi K.Karimovning «oilaviy portret» va «parallel portret» yo‘nalishida badiiy-uslubiy izlanishlari, Q.Matmuratovning prototipi bor qahramonlar portretiga alohida ijodiy yondashuvi, shuningdek, hozirgi qoraqalpoq romanlarida adabiy qahramon yaratish va xarakterlar ruhiyatini badiiy asoslashda qo‘llanilgan dinamik portret turi haqidagi nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan seminarlarda va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar Uyushmasining 2022 yil 21 yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning asarda qahramon portretini chizishdagi badiiy mahorati takomillashtirilgan;
hozirgi qoraqalpoq romanlarida personaj portretini konkretlashtirish, qahramonning ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeini ko‘rsatish bilan birga inson hayotini talqin etishda somatik, vestial, kinetik portret-detallarning sintezlashgan usullarini tadqiq qilish asosida olingan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasining «Bilimlendirio‘de reforma» va «Qayirli taң» mavzusidagi eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 dekabrdagi 01-02/665-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar keng xalq ommasining badiiy adabiyotga qiziqishini yanada kuchaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini o‘stirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish