Murodov Halim Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Buxoroda turizmning rivojlanishi tarixi (1991-2021 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar863.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Bahodir Abdullaevich Pasilov, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor; Nabijon Alimovich Daminov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Buxoroda 1991-2021 yillarda turizm taraqqiyoti bosqichlari va rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida turizm sohasida malakali mutaxassis xodimlar va gid tarjimonlar etishmasligi, kommunal xizmat va joylashtirish vositalari, turistlarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish shahobchalarining xalqaro standartlar talablariga javob bermaganligi, temir yo‘l va quruqlik transportida servis xizmatining sifati pastligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lganligi dalillangan;
sohada 1992-1999 yillarda mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqilishi, tarmoqda xususiylashtirishning amalga oshirilishi, yagona turistik viza tartibining joriy etilishi, turizm xizmatlari bozorida kichik va o‘rta sayyohlik tashkilotlari ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi, turizm infratuzilmasining takomillashtirilishi viloyat iqtisodiy salohiyatining o‘sishiga hamda xizmatlar eksportining oshishiga xizmat qilganligi asoslantirilgan;
2000-2016 yillar mobaynida Buxoro aeroportida viza olish imkoniyati yo‘qligi va viza muddatini uzaytirish bilan bog‘liq to‘siqlar, rasmiylashtirish tartiblari murakkab va uzoq vaqtni talab qilishi, moddiy-texnik bazaning eskirganligi, Buxoro aeroporti va temir yo‘l vokzalida turistlarga servis xizmatlarni ko‘rsatish uchun axborot markazi, avtomobil` ijarasi, malakali tarjimonlar, shahardagi mehmonxona va tarixiy markaz aks ettirilgan xaritalar yaratilmaganligi, shuningdek, sayyohlarga yuqori xizmat ko‘rsatadigan oliy toifali mehmonxonaning yo‘qligi, mehmonxonalarda bank xizmatlari yo‘lga qo‘yilmaganligi, mehmonxona xizmat haqlarini kredit karta bilan to‘lash imkoniyati yo‘qligi kabi omillar milliy turizm imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
2011-2016 yillarda Buxoro turistik brendining yaratilishi, turistik firmalar tomonidan chiptalarni oldindan bronlashtirish, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi hamda viloyatda Tashqi ishlar vazirligining Konsullik bo‘limi tashkil etilishi Buxoro turizmi rivojining istiqbollarini belgilab berayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buxoroda turizmning rivojlanishi tarixi (1991-2021 yy.)” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar va ma’lumotlar asosida:
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida turizm sohasida malakali mutaxassis xodimlar va gid tarjimonlar etishmasligi, kommunal xizmat va joylashtirish vositalari, turistlarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish shahobchalarining xalqaro standartlar talablariga javob bermaganligi, temir yo‘l va quruqlik transportida servis xizmatining sifati pastligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lganligi hamda sohada 1992-1999 yillarda mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqilishi, tarmoqda xususiylashtirishning amalga oshirilishi, yagona turistik viza tartibining joriy etilishi, turizm xizmatlari bozorida kichik va o‘rta sayyohlik tashkilotlari ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi, turizm infratuzilmasining takomillashtirilishi viloyat iqtisodiy salohiyatining o‘sishiga hamda xizmatlar eksportining oshishiga xizmat qilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 03-17-02/2886-son ma’lumotnomasi). Bu esa Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish asoslarini belgilab berishga xizmat qilgan;
2000-2016 yillar mobaynida Buxoro aeroportida viza olish imkoniyati yo‘qligi va viza muddatini uzaytirish bilan bog‘liq to‘siqlar, rasmiylashtirish tartiblari murakkab va uzoq vaqtni talab qilishi, moddiy-texnik bazaning eskirganligi, Buxoro aeroporti va temir yo‘l vokzalida turistlarga servis xizmatlarni ko‘rsatish uchun axborot markazi, avtomobil` ijarasi, malakali tarjimonlar, shahardagi mehmonxona va tarixiy markaz aks ettirilgan xaritalar yaratilmaganligi, shuningdek, sayyohlarga yuqori xizmat ko‘rsatadigan oliy toifali mehmonxonaning yo‘qligi, mehmonxonalarda bank xizmatlari yo‘lga qo‘yilmaganligi, mehmonxona xizmat haqlarini kredit karta bilan to‘lash imkoniyati yo‘qligi kabi omillar milliy turizm imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi xususidagi takliflardan Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2022 yil 21 iyundagi 04-18/2736-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyatida milliy turizm brendlarini tiklanishiga, ziyorat turizmi infratuzilmasining takomillashtirishga va ziyoratchi sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qilgan;
2011-2016 yillarda Buxoro turistik brendining yaratilishi, turistik firmalar tomonidan chiptalarni oldindan bronlashtirish, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi hamda viloyatda Tashqi ishlar vazirligining Konsullik bo‘limi tashkil etilishi Buxoro turizmi rivojining istiqbollarini belgilab berayotganligi kabi taklifdan Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasining 2021 yil 14 iyundagi 01-03/1065-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoroda ichki va xalqaro turizmni tizimga solish va kengaytirishga xizmat qilgan.