Tadjieva Nigora Ubaydullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda pnevmokokkli infeksiyaning tashxisi, davolash va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar va 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib68.
Ilmiy maslahatchilar: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Daminov Turgunpulat Abidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Isxakova Xalida Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjet tashkiloti «Federal tibbiyot-biologik agentligining bolalar ilmiy-klinik yuqumli kasalliklari markazi» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallikning klinik belgilari va S.pneumoniaening mikrobiologik xususiyatlarini e’tiborga olib, bolalarda pnevmokokkli infeksiyalar tashxisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya, yiringli meningit, o‘tkir o‘rta otitlar umumiy tarkibida S.pneumoniaening ham kasalliklarni keltirib chiqishi isbotlangan;
sog‘lom bolalar orasida S.rneumoniaening nazofaringeal tashuvchanlikni shakllanishida xavfli omillari isbotlangan;
sog‘lom tashuvchi, shifoxonadan tashqari pnevmoniya, yiringli meningit, o‘tkir o‘rta otitlar bilan kasallangan bemor bolalar orasida aylanib yuruvchi S.pneumoniaening ko‘p uchraydigan 1, 2, 5, 6A/V, 19F serologik tiplari aniqlangan;
olingan natijalarga ko‘ra, pnevmokokkli vaksinani maxsus profilaktika maqsadida qo‘llash asoslangan;
S. pneumoniaening nazofaringeal va klinik shtammlarini mikroblarga qarshi dori vositalariga nisbatan rezistentligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda pnevmokokkli infeksiyaning tashxisi, davolash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda invaziv pnevmokokkli kasalliklarni tashxisi va antibakterial davosini optimizatsiyalash» nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 maydagi 8n-d/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda pevmokkokli infeksiya natijasida meningit va pnevmoniya kasalliklarini tashxislash, samarali davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda kasallikni kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda pnevmokokkli kasalliklarning tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, jumladan 13-valentli pnevmokokkli kon’yugirlangan vaksinasi (PKV-13) O‘zbekiston Respublikasining profilaktik emlash Milliy jadvaliga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarni immunoprofilaktikasi», 0239-15-son SanQvaM). Mazkur me’yoriy xujjat pnevmokkoklar natijasida kelib chiqadigan yiringli meningit, pnevmoniya va o‘rta otitlarni oldini olish uchun bolalarni 13-valentli pnevmokokkli kon’yugirlangan vaksinasi bilan rejali emlash imkonini bergan;
bolalarda pnevmokokkli infeksiyaning tashxislash va davolash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Antibiotiklarni rezistentligini o‘rganish markaziga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 28 apreldagi 04/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu hujjat Streptococcus pneumoniae mikrobining dori vositalariga nisbatan rezistentlik monitoringini amalga oshirish imkonini bergan;
bolalarda pnevmokokkli infeksiyaning tashxislash va davolash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 maydagi 8n-d/40-son ma’lumotnomasi, 2016 yil 4 noyabrdagi 8d-z/82-son xulosasi). Olingan tadqiqotlarning amaliyotga joriy qilinishi iqtisodiy samaradorlikka olib kelgan. Pnevmokokkli infeksiyaning maxsus profilaktikasi bolalar o‘rtasida pnevmokokkli kasalliklar, jumladan meningit, pnevmoniya va o‘tkir o‘rta otitlar bilan kasallanish va o‘lim darajasini kamaytirishga xizmat qilgan.