Ergashev Jamshid Jamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesni rivojlantirishning  tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1755.
Ilmiy rahbar: Isroilov Rustamjon Ibragimovich,  iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03. 
Rasmiy opponentlar: Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Nurillo Xamidullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kichik biznes sub’ektlari xarajatlarini minimallashtirish, savdo xajmini oshirish optimalligi va kichik biznes jarayonini axborotlashti-rish darajasi N1-0,381dan N9-0,421gacha bo‘lishi asoslangan holda “Kichik biznes – 4.0” platformaning moslashtirilgan modeli ishlab chiqilgan;   
«Iftixor kiyim sanoat» MChJ, "LYUKS PLYUS SERVIS" MChJ korxonalarida mahsulot hajmini (Q) ishlab chiqarish quvvatlaridan (Q) optimal darajada (85-95%) foydalanish va mahsulot tannarxini (MT) eksport talablariga muvofiq holda shakllantirishga ko‘ra eksport xajmini oshirish imkoniyatlari asoslangan holda eksport xajmini (EH) ko‘p omilli ssenariylari ishlab chiqilgan;
«Lyuks plyus servis» MChJ va «Iftixor kiyim sanoat» MChJ (Namangan viloyati) faoliyatini rivojlantirishning 2021-2026 yillar bo‘yicha ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishning xududiy dasturida tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarni integrallashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tizimlashtirilgan tuzilmalari asosida belgilash orqali faoliyat samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni rivojlantirish va yangi innovatsion strukturalarni tashkil etish, ularni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
kichik biznes sub’ektlari xarajatlarini minimallashtirish, savdo xajmini oshirish optimalligi va kichik biznes jarayonini axborotlashti-rish darajasining N1-0,381dan N9-0,421gacha bo‘lishiga ko‘ra “Kichik biznes – 4.0” platforma modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 25 martdagi 11/03-15-2234-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlarida savdo hajmini 1.28 foizga oshishiga, reklama harajatlarini 2,11 foizga qisqarishiga imkon yaratilgan;
«Iftixor kiyim sanoat» MChJ, "LYUKS PLYUS SERVIS" MChJ korxonalarida mahsulot hajmini (Q) ishlab chiqarish quvvatlaridan (Q) optimal darajada (85-95%) foydalanish va mahsulot tannarxini (MT) eksport talablariga muvofiq holda shakllantirishga ko‘ra eksport xajmini oshirish imkoniyatlari asoslangan holda eksport xajmini (EH) ko‘p omilli ssenariylari bo‘yicha takliflar «Iftixor kiyim sanoat» MChJ, "LYUKS PLYUS SERVIS" MChJ faoliyatiga joriy qilingan va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 25 martdagi 11/03-15-2234-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida «Iftixor kiyim sanoat» MChJ korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport hajmini oshirish hisobiga iqtisodiy samaradorlik 4,7 ming so‘mga, "LYUKS PLYUS SERVIS" MChJ korxonasida esa iqtisodiy samaradorlik 6,7 ming so‘mga oshishiga erishilgan;
«Lyuks plyus servis» MChJ va «Iftixor kiyim sanoat» MChJ (Namangan viloyati) faoliyatini rivojlantirishning 2021-2026 yillar bo‘yicha ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 25 martdagi 11/03-15-2234-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan «Iftixor kiyim sanoat» MChJ va "LYUKS PLYUS SERVIS" MChJ bo‘yicha korxonalarining 2021-2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqishda foydalangan holda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan;
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishning xududiy dasturlarida tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarni integrallashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tizimlashtirilgan tuzilmalari asosida belgilash orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 25 martdagi 11/03-15-2234-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatidagi kichik biznes korxonalarini raqamlashtirish va “kompleks rivojlantirish dasturlari” hamda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish