Shaniyazova Zamira Oralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1549. 
Ilmiy rahbar: Irisbekova Mavluda Narinbaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor; Jo‘raev Isroil Ibroximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
II.Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida subsidiya ajratilishining moliyaviy jihatdan muvofiqligini regressiya uzilish dizayni (Regression Discontinuity Design - RDD) orqali aniqlash taklifi asoslangan; 
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish xarajatlarini qisqa muddatli imtiyozli kreditlashdan f`yuchers shartnomalariga o‘tkazish orqali fermer xo‘jaliklarida moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish, kredit bo‘yicha to‘lovlar hamda tijorat banklari bilan hisob-kitoblarni engillashtirish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga tayyorlash va eksport qilishning moliyalashtirishga nisbatan kuchli ehtiyoj sezuvchi bosqich va jarayonlariga eksport subsidiyalari taqdim etish orqali eksportni rag‘batlantirishni takomillashtirish taklif etilgan;
boshoqli don etishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish orqali don mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 13 foizga qadar oshirish imkoni asoslangan.
Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi.  Qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan  moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini  takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:    
qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida subsidiya ajratilishining moliyaviy jihatdan muvofiqligini regressiya uzilish dizayni (Regression Discontinuity Design - RDD) orqali aniqlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1141-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni va sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etish hamda o‘simliklar himoyasi bo‘yicha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va zamonaviy laboratoriyalarni barpo etish uchun erdan foydalanuvchi (jumladan, klaster)larga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar maydonga 1 million so‘mdan subsidiya ajratilgan; 
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish xarajatlarini qisqa muddatli imtiyozli kreditlashdan f`yuchers shartnomalariga o‘tkazish orqali fermer xo‘jaliklarida moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish, kredit bo‘yicha to‘lovlar hamda tijorat banklari bilan hisob-kitoblarni engillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1141-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida f`yuchers shartnomasida muvofiq belgilangan muddatlarda bo‘nak mablag‘larini topshirilgan paxta xomashyosi haqini to‘lashdan asossiz bo‘yin tovlaganligi uchun buyurtmachi xo‘jalikka belgilangan ustamalar to‘lanishi inobatga olinmagan holda asossiz to‘lashdan bo‘yin tovlagan summaning 20 foiz miqdorida jarima to‘lagan; 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga tayyorlash va eksport qilishning moliyalashtirishga nisbatan kuchli ehtiyoj sezuvchi bosqich va jarayonlariga eksport subsidiyalari taqdim etish orqali eksportni rag‘batlantirishni takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1141-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi moliyalashtirish manbalari hamda korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirishga hissa qo‘shgan;
boshoqli don etishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish orqali don mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 13 foizga oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1141-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi qishlok xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish motivatsiyasini, ularning YaIMdagi ulushini oshishiga hissa qo‘shib, jumladan, boshoqli don hajmining o‘sish sur’ati 2021 yilda 13 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish