Xayitov Sherzod Pardaboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1872. 
Ilmiy rahbar: Abdieva Dilnavoz Akromovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Davranov Orzu Abdujabborovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘qimachilik korxonalari barqaror rivojlanishi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar barqaror rivojlanishining umumlashtirilgan integral ko‘rsatkichi ko‘ra  to‘qimachilik korxonalari barqaror rivojlanishini integral oraliq natijalari [juda past (0-0,20), past (0,21-0,37), o‘rta (0,38-0,63), yaxshi (0,64-0,80), juda yuqori (0,81-1,0)] yondashuviga ko‘ra baholash taklif etilgan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarining barqarorligini “juda yuqori” (0,81–1,0), “yaxshi” (0,64–0,80), “o‘rta” (0,38–0,63), “past” (0,21–0,37), “juda past” (0,0–0,20) darajalari bo‘yicha guruhlash asosida mazkur oraliqlardagi iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, texnologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’siri aloqalarini muvofiqlashtirish orqali takomillashtirish asoslangan;
“FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasida tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish tadbirlarini xom ashyo sarfini minimallashtirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini  belgilash orqali korxona faoliyatini barqaror rivojlantirish imkoniyati asoslangan;
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “BETLIS TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasining 2026 yilga qadar mahsulot sotishdan umumiy tushumi hajmi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarini barqaror rivojlantirishning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalar barqaror rivojlanishining umumlashtirilgan integral ko‘rsatkichi  asosida to‘qimachilik korxonalari barqaror rivojlanishini integral oraliq natijalari [juda past (0-0,20), past (0,21-0,37), o‘rta (0,38-0,63), yaxshi (0,64-0,80), juda yuqori (0,81-1,0)] yondashuviga ko‘ra baholash taklifi  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga №25-son buyruq asosida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 10 martdagi 03/14-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, “BETLIS TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasi barqaror rivojlanish darajasining integral ko‘rsatkichi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 0,12 ga oshgan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarining barqarorligini “juda yuqori” (0,81–1,0), “yaxshi” (0,64–0,80), “o‘rta” (0,38–0,63), “past” (0,21–0,37), “juda past” (0,0–0,20) darajalari bo‘yicha guruhlash asosida mazkur oraliqlardagi iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, texnologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’siri aloqalarini muvofiqlashtirish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga 17-son buyruq asosida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 10 martdagi 03/14-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, “FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasi boshqarish xarajatlari 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 11,4 % ga kamaygan; 
“FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasida tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish tadbirlarini xom ashyo sarfini minimallashtirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini  belgilash orqali korxona faoliyatini barqaror rivojlantirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga 17-son buyruq asosida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 10 martdagi 03/14-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, “FULL COTTON” to‘qimachilik korxonasi yalpi foydasi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 6,6 foizga oshgan; 
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “BETLIS TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan mahsulot sotishdan umumiy tushumi hajmi prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 10 martdagi 03/14-583-son ma’lumotnomasi). Natijada, “BETLIS TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasining sotilgan mahsulot hajmi 2022-2026 yillarda o‘rtacha yiliga 8,0 foizga yoki 2026 yilda 2021 yilga nisbatan umumiy 40,6 foizga oshishi bashoratlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish