Sadullaeva Aziza Azimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizmni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2484.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyar Ruzmetov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy turizmga ixtisoslash bilan birga, mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, yangi ekologik, arxeologik, fol`klor-etnografik, agroturizm, gastronomik turizm kabi mahsulotlar bozorini o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
Mintaqaning o‘ziga xos turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasi korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyalashuvni kuchaytirish maqsadida “Xorazm viloyati turizm klaster”ini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Xorazm viloyatining ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Yusuf Hamadoniy, Vayangan Bobo, Sayid Olovuddin, Paxlavon Maxmud, Shayx Muxtor Valiy, Shayx Jalil bobo, Sulton Uvays bobo, Doshqinjon bobo kabi ziyoratgohlarni o‘z ichiga olgan, “Khorezm pilgrim tourism” turistik marshrutini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Xorazm viloyatining turistik xizmatlar hajmi, tashrif buyurgan turistlar, joylashtirish vositalari, turoperatorlar va gid-tarjimonlar soni ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanib, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizmni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy turizmga ixtisoslash bilan birga, mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, yangi ekologik, arxeologik, fol`klor-etnografik, agroturizm, gastronomik turizm kabi mahsulotlar bozorini o‘zlashtirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 04-18/5068-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi natijasida mintaqa turistik korxonalari faoliyati samaradorligini o‘rta hisobda 5-7 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqaning o‘ziga xos turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasi korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyalashuvni kuchaytirish maqsadida “Xorazm viloyati turizm klaster”ini tashkil qilish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 04-18/5068-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster tarkibiga kiruvchi turizm infratuzilmasi korxonalari sonini 6-8 foizga va tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 8-12 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyatining ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Yusuf Hamadoniy, Vayangan Bobo, Sayid Olovuddin, Paxlavon Maxmud, Shayx Muxtor Valiy, Shayx Jalil bobo, Sulton Uvays bobo, Doshqinjon bobo kabi ziyoratgohlarni o‘z ichiga olgan, “Khorezm pilgrim tourism” turistik marshruti bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 04-18/5068-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyatining turistik xizmatlar hajmi, tashrif buyurgan turistlar, joylashtirish vositalari, turoperatorlar va gid-tarjimonlar soni ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanib, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilishi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 04-18/5068-son ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.