Jubanova Bayramgul Aymuratovnaning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirishni  takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1545.  
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.01.2020.I.20.06 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huziridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi.
II.Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalarning sof keltirilgan qiymatlari (NPV) ijobiy bo‘lgan holatlarda yangi ishlanmalarni belgilangan tartibda tijoratlashtirishni innovatsion faoliyat sub’ektlari majburiyatlari tarkibiga kiritish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirishga davlat byudjetidan subsidiyalar, korxona ko‘lami, xodimlarning malaka darajasi, raqobat muhiti va innovatsiyalarga investisiyalar ta’sirini baholash asosida moliyalashtirishning optimal hajmini aniqlash tavsiya etilgan; 
ishlab chiqarishning innovatsion tavsifi, tadbirkorlik sub’ektining ko‘lam jihatidan toifasi, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish darajasidan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni soliqqa tortish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan samaradorligi asoslangan imtiyozlarni qo‘llash orqali moliyalashtirish tavsiya etilgan;
innovatsion faoliyatning samaradorligini baholashda yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma va kichik korxona toifalaridagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsiyaga moyillik jihatidan tashkiliy-iqtisodiy tavsiflarini hisobga olish taklifi asoslangan.
Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalarning sof keltirilgan qiymatlari (NPV) ijobiy bo‘lgan holatlarda yangi ishlanmalarni belgilangan tartibda tijoratlashtirishni innovatsion faoliyat sub’ektlari majburiyatlari tarkibiga kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-630-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi innovatsion faoliyat sub’ektlarining majburiyatlarini oshirishga, davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirishga davlat byudjetidan subsidiyalar, korxona ko‘lami, xodimlarning malaka darajasi, raqobat muhiti va innovatsiyalarga investisiyalar ta’sirini baholash asosida moliyalashtirishning optimal hajmini aniqlash taklifi Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1140-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishga asos sifatida hizmat qilgan;
ishlab chiqarishning innovatsion tavsifi, tadbirkorlik sub’ektining ko‘lam jihatidan toifasi, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish darajasidan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni soliqqa tortish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan samaradorligi asoslangan imtiyozlarni qo‘llash orqali moliyalashtirish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1140-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy qilinishi korxonalarning innovatsion faoliyati samaradorligini 10%gacha oshirishga imkon yaratgan;
innovatsion faoliyatning samaradorligini baholashda yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma va kichik korxona toifalaridagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsiyaga moyillik jihatidan tashkiliy-iqtisodiy tavsiflarini hisobga olish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02-06/9-09/1140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi innovatsion faoliyat samaradorligi me’yorlarini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish