Reymov Kamal Mambetkarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energiya tizimlari elektr iste’molchilarining yuklamalarini optimal boshqarish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/91.
Ilmiy rahbar: Gayibov To‘lqin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «SREDAZENERGOSETPROEKT» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetika tizimlarining qisqa muddatli holatini rejim va texnologik cheklashlarni hisobga olib elektr iste’molchilarning yuklamalarini optimal boshqarish orqali rejalashtirish masalasini matematik modeli va echish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika tizimlarining qisqa muddatli rejimlarini rejalashtirishda elektr iste’molchilari yuklamalarini optimal boshqarishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
energetika tizimlarining qisqa muddatli rejimlarini rejalashtirishda elektr iste’molchilarining yuklama grafiklarini rejim va texnologik cheklashlarni hisobga olib optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
energetika tizimining qisqa muddatli rejimlarini optimallashtirishda birlamchi energiya resursi cheklangan stansiyalarni hisobga olish algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr iste’molchilarining yuklamalarini optimal boshqarishda tarmoq faktorini hisobga olish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Energiya tizimlari elektr iste’molchilarining yuklamalarini optimal boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rostlanuvchan elektr iste’molchilar yuklama grafigini optimallash masalasining matematik modeli O‘zbekiston energetika tizimining sutkali rejimini optimal rejalashtirishda «O‘zbekenergo» AJ Milliy dispetcherlik markazi (MDM)ga joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2017 yil 30 oktyabrdagi RM-01-21/8193-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasida energetika tizimining qisqa muddatli holatlarini rejim va texnologik cheklashlarni hisobga olib, rejalashtirishda rostlanuvchan elektr iste’molchilarning optimal yuklama grafiklarini aniqlash imkoni yaratilgan;
elektr energiya iste’molchilari yuklama grafigini optimallash algoritmlari O‘zbekiston energetika tizimining sutkali rejimini optimal rejalashtirishda «O‘zbekenergo» AJ MDMga joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2017 yil 30 oktyabrdagi RM-01-21/8193-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida sutkasiga 63,6 tonna shartli yoqilg‘ini tejash imkonini bergan;
energetika tizimining qisqa muddatli rejimlarini elektr iste’molchilar yuklamalarini boshqarib optimal rejalashtirishda davlatlararo energetik birlashmaga kiruvchi tizimlar o‘rtasida quvvat oqimlarini optimallashtirish, birlamchi energiya resursi cheklangan elektr stansiyalarini hisobga olish va tarmoq faktorini hisobga olishning samarali algoritmlari A-12-072 raqamli «Elektr energetika tizimlari rejimlarini optimallash va boshqarish uchun sun’iy intellekt usullarini qo‘llovchi ekspert tizimlarini ishlab chiqish» grant loyihasida (2006–2008 y.) qo‘llanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 15 dekabrdagi FTA-02-11/1303-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida elektr stansiyalari va rostlanuvchan elektr iste’molchilarining energetika tizimi bo‘yicha sarflanuvchi xarajatlarni minimal bo‘lishini ta’minlovchi optimal yuklamalarini holat va texnologik chegaraviy shartlarni e’tiborga olgan holda aniqlash imkoni yaratilgan.