Akbarova Aziza Abduxakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Saint-Venant tenglamalar sistemasining eksponensial turg‘unligini nazariy va sonli tadqiq etish», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM554.
Ilmiy rahbar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xayotov Abdullo Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xolmurodov Abdulxamid Erkinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Saint-Venant tenglamalar sistemasi uchun qo‘yilgan aralash masala echimining eksponensial (Lyapunov asosida) turg‘unligini ta’minlovchi ayirmali sxemalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqimga qarshi parchalanuvchi oshkor ayirmali sxema uchun Lyapunov funksiyasining diskret analogi qurilgan;
bir o‘lchovli Saint-Venant tenglamalar sistemasi uchun qo‘yilgan aralash masalani sonli echishga mo‘ljallangan oqimga qarshi parchalanuvchi oshkor ayirmali sxema bilan topilgan sonli echimning eksponensial turg‘unlik teoremasi isbotlangan;
oqimga qarshi oshkormas ayirmali sxema uchun Lyapunov funksiyasining diskret analogi qurilgan;
bir o‘lchovli Saint-Venant tenglamalar sistemasi uchun qo‘yilgan aralash masalani sonli echishga mo‘ljallangan oqimga qarshi oshkormas ayirmali sxema bilan topilgan sonli echimning eksponensial turg‘unlik teoremasi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Saint-Venant tenglamalar sistemasining eksponensial turg‘unligini nazariy va sonli tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oshkor oqimga qarshi kichik hadlari bo‘yicha parchalanuvchi ayirmali sxemaning eksponensial turg‘unligini isbotlash uchun Lyapunov bo‘yicha turg‘unlik va eksponensial turg‘unlikning algebraik mezonlari yondashuvi OT-ATEX-2018-340-sonli “Atrof-muhitning ikki tezlikli dinamikasining amaliy geofizik muammolarini nazariy va sonli tadqiq qilish” grant loyihasida elastik muhitda bir o‘lchovli dinamik masalalarni sonli echish uchun qo‘llanildi (Qarshi davlat universitetining 2022-yil 28-maydagi 03/2517-sonli ma’lumotnoma). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi elastik muhitda ko‘ndalang to‘lqin uchun bir o‘lchovli dinamik masalalarning sonli echimini o‘rganish imkonini bergan;
oqimga qarshi ayirmali sxemasi KH-A-KH-2018-279 – “Katta nasos stansiyalari kaskadlarining ish rejimlarini zamonaviy boshqaruv usullari, suv va elektr energiyasi yo‘qotilishini kamaytirishni yangi uskunalar yordamida takomillashtirish” amaliy tadqiqot ilmiy loyihasida to‘lqin tarqalishi tenglamalari uchun qo‘yilgan aralash masalalari echimini topish uchun ishlatilgan (Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, 2022 yil 1-noyabrdagi 14-sonli ma’lumotnoma). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bir o‘lchovli masalalarning eksponensial turg‘unligiga baho berish imkonini bergan.