Raxmonov Ikromjon Usmonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qora metallurgiya korxonalarida elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T411.

Ilmiy rahbar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.

Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qora metallurgiya korxonalari elektr energiyasi ishlatilishi samaradorligini oshirishda elektr rejimlarini hisobga olgan holda iste’mol ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish, prognoz qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

po‘lat eritish jarayonidagi elektr rejimlarini hisobga olgan holda elektr energiya iste’molini me’yorlashning ko‘p pog‘onali strukturasi takomillashtirilgan;

metall prokat ishlab chiqarishda sarf bo‘ladigan energiya turlari bo‘yicha me’yorlarni aniqlash imkonini beruvchi uslubiy ko‘rsatma ishlab chiqilgan;

elektr energiyasi solishtirma sarfining prognoz ko‘rsatkichini shakllantirish sxemasi texnologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;

energetik tavsiflar ko‘rstakichlari asosida elektrda po‘lat eritish sexi qurilmalarining optimal ish rejimlarini aniqlash usuli va algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qora metallurgiya korxonalarida elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

korxonaning iste’mol pog‘onalarida elektr energiyani me’yorlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali struktura “O‘zmetkombinat” AJ korxonasiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 2017 yil 3 noyabrdagi 01-1/1532-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi iste’mol pog‘onalari uchun  elektr rejimlarini inobatga olgan holda mahsulot turlari bo‘yicha me’yorlash ko‘rsatkichlarini hisoblashning aniqligini ko‘tarish imkonini bergan;

“O‘zmetkombinat” AJda metall prokati ishlab chiqarishda yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini me’yorlash usullari” uslubiy ko‘rsatmasi “O‘zmetkombinat” AJ korxonasiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 2017 yil 3 noyabrdagi 01-1/1532-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi korxonada iste’mol qilinayotgan energiya shakllari bo‘yicha me’yor ko‘rsatkichlarini aniqlashning amaldagi usullarini takomillashtirish imkonini bergan;

elektr energiya solishtirma sarfining prognoz ko‘rsatkichini shakllantirish sxemasi asosida o‘rnatilgan elektr va issiqlik energiya, siqilgan havo, gaz va boshqa energiya resurslari bo‘yicha solishtirma sarf ko‘rsatkichlari “O‘zmetkombinat” AJ korxonasining SPS-1, SPS-2, ESPS, KKS va PTNP sexlariga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 2017 yil 3 noyabrdagi 01-1/1532-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi korxonada energiya shakllari bo‘yicha solishtirma sarf ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlarini aniqlashdagi hisoblash ishlarini soddalashtirish, ularning aniqlilik darajasini oshirish hamda korxonada elektr energiya sarfini 2,5%gacha kamaytirish imkonini bergan;

energetik xarakteristikalar tahlili asosida elektrda po‘lat eritish sexi qurilmalarining optimal ish rejimlarini aniqlovchi algoritm A3-FA-0-12412 raqamli «Qora metallurgiya korxonalarida elektr va issiqlik energiyasi ishlatilishining energiya samaradorligini oshirish» grant loyihasida (2012–2014) korxonadagi qurilmalarning optimal ish rejimlarini aniqlashda qo‘llanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 15 dekabrdagi FTA-02-11/1306-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ishlab chiqilgan algoritm yordamida elektrda po‘lat eritish pechlari asosiy qurilmalarining optimal ish rejimlarini aniqlash va elektr energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish