Ismailov Saidjon Azamjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirish)», 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1959.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor; Xushvaqtova Xusnobod Solievna pedagogika fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishning tarkibiy-mazmunli tuzilishi iqtidorning tarkibiy komponentlari, hamda kimyoviy iqtidorni rivojlantirishning besh omilli  modeli asosida takomillashtirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida bo‘lajak kimyo o‘qituvchisini iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashi uchun kasbiy-metodik tayyorlashning didaktik ta’minoti  pedagogning individual rivojlanish va “Iqtidorli talabalar” maqsadli dasturlari integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kimyo o‘qitish  jarayonida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorlashda kimyoviy tafakkur va iqtidorini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmining rivojlanish bosqichlari, metodikasini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishning tarkibiy-mazmunli tuzilishi, iqtidorning tarkibiy komponentlari, iqtidorlilik modellari tahlili, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlashtirishga oid takliflar, kimyoviy iqtidorni rivojlantirishning besh omilli  modeli asosida pedagogika  oliy ta’lim muassasalari kimyo ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Kimyo” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga kasbiy-metodik tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kimyo o‘qitish jarayonida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtiriladi kimyoviy tafakkur va iqtidorini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, spinner metodi vositasida rivojlantirish metodikasiga oid takliflar asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan “Eksperimentlar o‘tkazish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son guvohnomasi). Natijada, metodik ta’minot orqali talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va sifati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish