Raxmanov Sayfiddin Jo‘raboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Titan karbidi asosidagi ikki podreshetkali metall va nometall birikmalarining kristall strukturasi va faza o‘tishlari», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM249
Ilmiy rahbar: Xidirov Irisali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: 
Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; 
Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saidivalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: I.A. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi TiC titan karbidi asosida ikki podreshetkali metallardan (Ti, Mo) va nometalllardan (C, H) tashkil topgan birikmalarning kristall tuzilishi va faza o‘zgarishlar qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori haroratli TiC0.50Hy>0.22 titan karbogidridi fazo guruhi (faz. gur.) Fdm bo‘lgan tartiblangan tuzilishga va davri R = 16 bo‘lgan tartiblangan antifazaviy domenlariga ega ekanligi ko‘rsatilgan;
Ti-C-H sistemasida o‘tish sxemasi va fazaviy tarkibi vodorod miqdoriga va haroratga bog‘liq bo‘lgan bir qator ketma-ket bosqichli (evolyusiyaviy) faza o‘tishlari kuzatilgan;
TiC0.50Hu karbogidridda nometallarning x=N/Ti≥C/Ti=0.50 munosabatni qanoatlantiruvchi tarkiblarida singoniyasi va panjara doimiysi keskin o‘zgaruvchi tomonlari markazlashgan kub (Fmm faz. gur.) fazadan geksagonal strukturali (Pm1 faz. gur.) fazaga vodorod miqdori bo‘yicha I tur miqdoriy faza o‘tishi aniqlangan;
tomonlari markazlashgan kub strukturali TiC titan karbidida Ti atomlarini 30 % gacha Mo atomlari bilan almashtirish mumkinligi asoslab berilgan va yuqori haroratli (2475 K) qizdirish yo‘li bilan mos proporsiyadagi titan va molibden karbidlarining kukunlaridan Ti va Mo o‘rin almashuvchi qattiq eritmalar matrisasida yuqori qattiqlikga ega qo‘sh metalli karbidi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Titan karbidi asosidagi ikki podreshetkali metall va nometall birikmalarining kristall tuzilishi va faza o‘tishlari tadqiq qilingan natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan OTM talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun tavsiya etilgan “Qattiq jism fizikasi” (I. Xidirov, Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019. - 388 b.) o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘iga asosan berilgan guvoxnomasi). Xususan: 
yuqori haroratli TiC0.50Hu>0.22 titan karbogidridi tartiblangan strukturaga (Fdm faz. gur.) va R=16 davrli tartiblangan antifazaviy domenlarga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlar “Kondensirlangan holat fizikasi” kursi bo‘yicha bakalavriat va “Kondensirlangan holat fizikasi va materialshunos-lik” maxsus kursi bo‘yicha magistratura dasturi doirasida o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 11.01.2022 yildagi № 01-20-09/51-son va Farg‘ona davlat universitetining 15.01.2022 yildagi № 01-117-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi talabalarning kondensirlangan holat fizikasining zamonaviy muammolari to‘g‘risidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish imkonini bergan; 
Ti-C-H tizimida kuzatilgan qator ketma-ket bosqichli (evolyusiyaviy) faza o‘tishlari va I tur konsentratsiyaviy faza o‘tishini aniqlash haqidagi ma’lumotlar “Kondensirlangan holat fizikasi” kursi bo‘yicha bakalavriat va “Kondensirlangan holat fizikasi va materialshunoslik” maxsus kursi bo‘yicha magistratura dasturi doirasida o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 11.01.2022 yildagi № 01-20-09/51-son va Farg‘ona davlat universitetining 15.01.2022 yildagi № 01-117-son ma’lumotnomlari). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi talabalarga qattiq jismlardagi fazaviy o‘zgarishlar to‘g‘risidagi tushunchalarni kengaytirishga imkon bergan;
ko‘rsatilgan TMK titan karbididagi titan atomlarining bir qismini Mo atomlari bilan almashtirish mumkinligi va yuqori haroratli qizdirish orqali o‘rin almashinuvchi qattiq birikma matrisasida o‘ta qattiq suqilma birikmasini olish imkoniyati ilmiy yangiliklari “Kondensirlangan holat fizikasi” kursi bo‘yicha bakalavriat va “Kondensirlangan holat fizikasi va materialshunoslik” maxsus kursi bo‘yicha magistratura dasturi doirasida o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 11.01.2022 yildagi № 01-20-09/51-son va Farg‘ona davlat universitetining 15.01.2022 yildagi № 01-117-son ma’lumotnomlari). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi talabalarni kondensirlangan holat fizikasining yangi aniqlangan xususiyatlari bilan tanishtirishga va ularning faza o‘tishlari haqidagi tasavvurlarini kenggaytirishga xizmat qilgan, zamonaviy kondensirlangan holat fizikasining muammolari to‘g‘risidagi tushunchalarini boyitishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish