Matismailov Saypilla Lolashbaevichning
ixtiroga patent asosida dissertatsiya himoyasisiz 
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pnevmomexanik yigirish mashinasining texnologik parametrlarini takomillashtirish asosida ip sifatini oshirish”
05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T164
Ilmiy maslahatchi: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pnevmomexanik mashinasining texnologik va kinematik parametrlarini asoslab, yigiruvbop tolali chiqindilardan foydalanib olingan ipda buramlarning barqaror taqsimlanishini ta’minlash orqali ipning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmomexanik ip ishlab chiqarishda yigiruvbop tolali chiqindilardan foydalanish va ularni regenerasiyalash uchun tozalash zonasidagi kolosnikli panjara o‘rniga to‘rsimon yuza ko‘rinishidagi sirt o‘rnatilgan yangi regenirator konstruksiyasi ishlab chiqilgan ( № IAP 05824, 2019 y.);
pnevmomexanik yigirish mashinasida tolalarni diskretlash jarayoni samaradorligini va diskretlash jadalligini garnitura o‘lchamlarini asoslash natijasida yaxshilovchi hamda ta’mirlashni engillashtiruvchi dikretlovchi barabancha ishlab chiqilgan (№ IAP 06301, 2020 y.);
ipga beriladigan buramlarning bir tekis taqsimlanishini va ipning mustaxkamligini oshiruvchi hamda uzilishlar sonini kamaytituvchi  ip tortish qurilmasining naychasiga keramik rolik o‘rnatilgan  yangi konstruksiyasi yaratilgan (№ IAP 06417, 2021 y.);
pnevmomexanik ip mustahkamligini oshiruvchi va ipning uzilishlar sonini kamaytiruvchi ip tortuvchi naychaga biriktirilgan botiq ishchi yuzasi qiya, taram-taram chiziqlari bo‘lgan keramik vtulkali naycha ishlab chiqilgan № IAP 06418, 2021 y.).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishda yigiruvbop tolali chiqindilar aralashmasidan ip olish, tolalarni diskretlash samaradorligi va ip bo‘ylab buramlar taqsimlanishining ta’siri bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
pnevmomexanik yigirish mashinasida takomillashtirilgan regenirator kostruksiyasi va diskretlovchi barabanchaga yangi o‘lchamli  arra tishli garnitura texnologik parametrlari  MChJ “SHOVOT TEKSTIL” QK (“O‘zto‘qimachiliksanoat” 2022 yil 19 apreldagi №03/25-1166-sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada ip solishtirma uzish kuchining oshishi, uzish kuchi bo‘yicha notekisligi pasayib, ip nuqsonlari kamayishi hisobiga pnevmomexanik yigirish mashinasida regeneratsiyalangan yigirishga yaroqli chiqindilarni saralanmaga qo‘shish natijasida olingan ipning tannarxi kamayganligi va xomashyodan oqilona foydalanish samarasiga erishilgan; ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida yigiruvbop chiqindilarni regenerasiyalab olingan tolalardan tayyorlangan chiziqiy zichligi 50 teksli ipning solishtirma uzish kuchi 8,92 dan  9,4 sN/teksga oshgan, uzish kuchi bo‘yicha notekisligi esa 11,53% dan 9,5% ga pasaygan, notekisligi esa 11,52 % dan 10,57% ga kamaygan.
takomillashgan diskretlovchi barabancha MChJ «KOBOTEX» (“O‘zto‘qimachiliksanoat” 2022 yil 19 apreldagi №03/25-1166-sonli ma’lumotnomasi) ishlab chiqarish korxonasida tadbiq etilgan. Natijada 1000 ta kameraga to‘g‘ri keladigan uzilishlar soni 20,8 % ga kamayishiga erishilgan. 
ipga berilayotgan buramlarning bir tekis taqsimlanishini ta’minlash texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «FT TEXTILE GROUP» MChJ to‘qimachilik korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” 2022 yil 19 apreldagi  №03/25-1166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ipning notekisligini kamaytirish hisobiga uning solishtirma uzish kuchi 9% ga, oshganligi, solishtirma uzish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 16% gacha, buramlar soni bo‘yicha variatsiya koeffisienti esa 20% gacha, 1000 ta kameraga to‘g‘ri keladigan uzilishlar soni 31,6 % ga kamayishi hisobiga mahsulot sifati yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish