Dilshodbekov Temur Dilshodbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
«Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining rus tilidan mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasi» 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1099.
Ilmiy rahbar: Asilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining rus tilidan mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursantlarning rus tilidan mustaqil ishlari lingvodidaktik matnlarning audio yozmalari hamda tilni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan maqsadlarni mul`timedia vositalari asosida pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmining ta’sirchanligini bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun maqbul pedagogik muhitni ta’lim motivatsiyasi va o‘qitishni nazorat qilish traektoriyasini kursantlarning elektron darslik va qo‘llanmalar bilan ishlash jarayonlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
kursantlarning mustaqil ishlarini tashkil etish jarayoni orfografik xatolarni bartaraf etish va kommunikativlikka yo‘naltirilgan mashqlarni bajarish, bilishga oid sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha konseptual yaxlitligini differensiallash hamda tashqi va ichki omillar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi kursantlarni talab etilayotgan til vositalarini interaktivlik, kommunikativlik va “reproduktivlikdan produktivlikka” tamoyiliga ko‘ra o‘rgatish, ularning mustaqil tayyorgarlik soatlarida og‘zaki nutq va o‘qish ko‘nikmalarini ta’lim jarayoni konstruktivligi jihatidan rivojlantirishga yo‘naltirilgan rejalashtirish va nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
kursantlarning mustaqil ishlash texnologiyalari matnga asoslangan mustaqil harakatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mantiqiy mashqlarning yaxlitlik, mantiqiylik, pedagogik bashorat qilish tamoyillariga mos ravishda ilmiy bilish hamda amaliy faoliyat integratsiyasini didaktik jihatdan dinamik ravishda uzviy  ta’minlash asosida  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matnlarga asoslangan mashqlar tizimi vositasida kursantlarning rus tilidan mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagilar joriy qilindi:
kursantlarning rus tilidan mustaqil ishlari lingvodidaktik matnlarning audio yozmalari hamda tilni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan maqsadlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun maqbul pedagogik muhitni ta’lim motivatsiyasi va o‘qitishni nazorat qilish traektoriyasiga moslashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar “Rus tili” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan  berilgan 302-0734-son nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining rus tilidan kursantlarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va olib borish jaryoni samaradorligi hamda kursantlarning matn bilan ishlash malakalari oshishiga xizmat qilgan;
mustaqil ishlarini tashkil etish jarayoni orfografik va kommunikativlikka yo‘naltirilgan mashqlarni bajarish, kursantlarning bilimlarini sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha konseptual yaxlitligini differensiallash hamda tashqi va ichki omillar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish takomillashtirishga oid takliflar “Rus tili” nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan  berilgan 302-0734 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’limning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga kursantlarning mustaqil tayyorgarlik soatlarida rus tilidan mustaqil ishlarini ongli ravishda o‘z-o‘zini nazorat, boshqarish va baholash prinsiplariga muvofiq samarali rejalashtirishi ko‘maklashgan; 
mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi kursantlarning mustaqil tayyorgarlik soatlarida og‘zaki nutq va o‘qish ko‘nikmalarini ta’lim jarayoni konstruktivligi jihatidan rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil o‘quv faoliyatiga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Rus tili” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan  berilgan 302-0734 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kursantlarning mustaqil tayyorgarlik soatlarida bilimlarini umumiy darajasini oshirishga, ular tomonidan matn mazmuni va matn osti mazmunini anglashiga, ularning mazmunini qayta so‘zlash jarayonida yangi leksik birliklarni to‘g‘ri qo‘llashga hamda rus tilida matnlarni o‘qish va ularni tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishildi;
kursantlarning mustaqil ishlash texnologiyalari matnga asoslangan mustaqil harakatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlarning yaxlitlik, mantiqiylik, pedagogik bashorat qilishtamoyillariga mos ravishda ilmiy bilish va amaliy faoliyat integratsiyasini ta’minlash asosida  takomillashtirish yuzasidan takliflar “Rus tili” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan  berilgan 302-0734 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Respublikamiz oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kommunikativ kompetentligi va umumiy til tayyorgalik darajasi bosqichma-bosqich mukammallashtirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish