Rahimova Feruza Najmiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mul`timedia vositalari asosida talabalarning ijtimoiy pedagogik faoliyatini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3023.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxonova Dilafruz Rizaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mul`timedia vositalari asosida talabalarning ijtimoiy pedagogik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar ijtimoiy pedagogik faoliyati kasbiy-sohaviy kompetensiyalar motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv xamda elektron ta’lim muhitda faol axborot almashinish, loyihalash va mul`timedia vositalaridan adaptiv foydalanish hamda gorizontal va vertikal integratsiyalar asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy pedagogik faoliyat tuzilmasi tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy ijtimoiy faoliyatning integrativ sub’ekti hamda elementlarini integratsiyalash hamda qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligi mahsulodorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy pedagogik faoliyatni rivojlantirish modeli interaktiv resurslar, mul`timedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar, intellektual o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlarini kognitiv fikrlashini rivojlantirish bosqichlarining xususiyatlariga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda mul`timedia vositalardan foydalanish kompetentligi refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning integrativ sub`ekti elementlarini hamda diagnostik va xarakatchanlik jarayonlarini ta’limiy maqsadning didaktik mazmuniga intensiv transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mul`timedia vositalari asosida talabalarning ijtimoiy pedagogik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
talabalar ijtimoiy pedagogik faoliyati kasbiy-sohaviy kompetensiyalar motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv xamda elektron ta’lim muhitda faol axborot almashinish, loyihalash va mul`timedia vositalaridan adaptiv foydalanish hamda gorizontal va vertikal integratsiyalar asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-23 raqamli “Fanlar bo‘yicha mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 apreldagi 02-07-1072/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy pedagogik faoliyatda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha talabalarda tayanch va kasbiy-sohaviy kompetensiyalarini shaklantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish imkoni oshirilgan.
talabalarda ijtimoiy pedagogik faoliyat tuzilmasi tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy ijtimoiy faoliyatning integrativ sub’ekti hamda elementlarini integratsiyalash hamda qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligi mahsulodorligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i asosida berilgan 356/7-081 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada mul`timedia vositalari asosida talabalarning ijtimoiy pedagogik faoliyatini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash imkoni yaratilgan;
talabalarda ijtimoiy pedagogik faoliyatni rivojlantirish modeli interaktiv resurslar, mul`timedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar, intellektual o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlarini kognitiv fikrlashini rivojlantirish bosqichlarining xususiyatlariga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ijtimoiy pedagogika” darsligini yaratishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 apreldagi 02-07-1072/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mul`timedia vositalari asosida talabalarning ijtimoiy pedagogik faoliyatini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash imkoni yaratilgan;
talabalarda mul`timedia vositalardan foydalanish kompetentligi refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning integrativ sub`ekti elementlarini hamda diagnostik va xarakatchanlik jarayonlarini ta’limiy maqsadning didaktik mazmuniga intensiv transformatsiyalash asosida takomillashtirish buyicha tavsiyalar (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 apreldagi 02-07-1072/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mul`timedia vositalardan foydalanish bo‘yicha talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish hamda baholash mezonlari va daraja ko‘rsatkichlarini aniqlashga erishilgan.