Mullabaeva Nozima Maxmudjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabdagi xavfsiz muhit bolalar shaxsini rivojlantirish omili sifatida», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/P60.
Ilmiy maslahatchi: Karamyan Marietta Xachaturovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Utepbergenov Marat Allanazarovich, psixologiya  fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar shaxsining rivojlanishida maktabdagi psixologik xavfsiz muhitning o‘rnini o‘rganish hamda maktab sharoitida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar orasida mobbingni yuzaga kelishiga ijtimoiy-demografik omillarning ta’siriga ko‘ra, «inisiator», «yordamchi», «himoyachi», «qurbon» pozisiyalarining agressivlik nuqtai nazaridan kuchayishi orqali differensiatsialashuviga asoslanib, maktabdagi bullingni his qilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus shkalaning yangi usuli ishlab chiqilgan va psixometrik asoslari dalillangan;
bolalar shaxsiy rivojlanishining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy komponentlarini barqaror shakllanishida o‘smirlar guruhining jipslik indeksini agressiv xatti-harakatlarga korreksion-adaptiv ta’sir etish orqali oshirishga asoslanib, maktabdagi xavfsiz muhit yetakchi omil ekanligi isbotlangan;
maktabdagi xavfsiz muhit va shaxsning bilish xususiyatlari (verbal tafakkur va ijodiy qobiliyatlar) orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlar tahliliga ko‘ra o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi munosabatlarida bullingni xis qilishning intellektual xususiyatlar asosida darajaviy ifodalanishi tufayli,  «Deviant xulq psixologiyasi», «Eksperimental psixologiya va praktikum» o‘quv dasturlari mazmuni «maktabdagi mobbing va bulling»ga oid mavzularni kiritish asosida takomillashtirilgan;
kichik va katta yoshdagi o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga muvofiq maktabda xavfsiz muhitni tashkil qilishda shaxs emotsional, irodaviy, kognitiv xususiyatlarini rivojlanganlik darajasi muhimligiga asoslanib, shaxslararo munosabatlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik modeli yaratilgan;
xavfsiz ta’lim muhitini yaratish uchun persepstiv, kommunikativ, interaktiv funksiyalarni o‘zaro integrativ rivojlanishi hamda shaxsiy va kasbiy o‘sishni ta’minlash muhimligiga ko‘ra katta va kichik o‘smirlarga mo‘ljallangan bulling korreksiyasiga oid trening modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabdagi xavfsiz psixologik muhitni bolalar shaxsini rivojlantirish omili sifatida o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilar orasida mobbingni yuzaga kelishiga ijtimoiy-demografik omillarning ta’siriga ko‘ra, «inisiator», «yordamchi», «himoyachi», «qurbon» pozisiyalarining agressivlik nuqtai nazaridan kuchayishi orqali differensiatsialashuviga asoslanib, maktabdagi bullingni his qilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus shkalaning yangi usuli ishlab chiqilgan va psixometrik asoslari dalillashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2021 yil 24 dekabrdagi PM-59-a-sonli buyrug‘i asosida “Psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2021 yil 24 dekabrdagi PM-59-a-son dalolatnomasi). Natijada o‘smir shaxsni rivojlantirish orqali maktabda xavfsiz psixologik muhitni yaratish texnologiyasini yaratish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bolalar shaxsiy rivojlanishining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy komponentlarini barqaror shakllanishida o‘smirlar guruhining jipslik indeksini agressiv xatti-harakatlarga korreksion-adaptiv ta’sir etish orqali oshirishga asoslanib, maktabdagi xavfsiz muhit yetakchi omil ekanligi isbotlanganligi haqidagi ilmiy yangilik maktab jamoasida bulling ko‘rinishlari mavjudligini, uni guruhning jipsligi va xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishini, bulling tizimning shaxs xususiyatlariga bog‘liqligini o‘rganishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2021 yil 24 dekabrdagi PM-59-a-son dalolatnomasi). Natijada maktabdagi xavfsiz psixologik muhit o‘smir shaxsidagi psixologik xususiyatlarni tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
maktabdagi xavfsiz muhit va shaxsning bilish xususiyatlari (verbal tafakkur va ijodiy qobiliyatlar) orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlar tahliliga ko‘ra o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi munosabatlarida bullingni xis qilishning intellektual xususiyatlar asosida darajaviy ifodalanishi tufayli,  «Deviant xulq psixologiyasi», «Eksperimental psixologiya va praktikum» o‘quv dasturlari mazmuni «maktabdagi mobbing va bulling»ga oid mavzularni kiritish asosida takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy yangilik o‘smirlardagi bilish jarayonlarining rivojlanish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha psixodiagnostik tahlillarni amalga oshirish texnologiyasini yaratishda qo‘llanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-59-a-son dalolatnomasi). Natijada psixologiya yo‘nalishi talabalarining maktabdagi xavfsiz muhit va shaxsning bilish xususiyatlari orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarning kengayishiga sharoit yaratgan;
kichik va katta yoshdagi o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga muvofiq maktabda xavfsiz muhitni tashkil qilishda shaxs emotsional, irodaviy, kognitiv xususiyatlarini rivojlanganlik darajasi muhimligiga asoslanib, shaxslararo munosabatlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik modeli yaratilganligi haqidagi ilmiy yangilik “Umr davrlari psixologiyasi” hamda “Guruhiy konsul`tatsiya” o‘quv fanlarining dasturlariga kiritilib, oliy ta’lim tizimida psixologlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2021 yil 24 dekabrdagi PM-59-a-son dalolatnomasi). Natijada maktabdagi xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha psixologiya fanidagi zamonaviy ma’lumotlar asosida ta’lim sifatini oshirish imkoni kengaytirilgan;
xavfsiz ta’lim muhitini yaratish uchun persepstiv, kommunikativ, interaktiv funksiyalarni o‘zaro integrativ rivojlanishi hamda shaxsiy va kasbiy o‘sishni ta’minlash muhimligiga ko‘ra katta va kichik o‘smirlarga mo‘ljallangan bulling korreksiyasiga oid trening modeli takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy yangilik o‘rta umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2021 yil 24 dekabrdagi PM-59-a-son dalolatnomasi). Natijada o‘rta umumta’lim maktablarida psixologik muhitning xavfsizligi va o‘smirlar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda psixokorreksion tadbirlarni samarali qo‘llashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish