Norqo‘zieva Manzura Abduraxmonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga kasbiy barqarorligini shakllantirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped914.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, Ilmiy Kengash raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldashovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy barqarorligini shakllantirishning nazariy-amaliy tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirishning barqaror moslashuv xarakterini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik, hissiy komponentlar sub’ektlar munosabatlari, yo‘nalishlar tasnifi, natijalar samaradorligi omillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar axborot va telekommunikatsion ta’minotning pedagogik imkoniyatlar ta’sirini, pedagogik vaziyatlar,pedagogik hodisalar real voqelik asosida ko‘rsatish va taxlil qilish orqali kuchaytirish hamda funksional vazifalarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligining rivojlanganlik darajasini baholash komponentlari sub’ektiv baholash, ob’ektiv baholash, mazmunni baholash, baholash vositasi, baholash shkalasi, baholash stereotipini aniqlashtirish asosida jarayon monitoringini amalga oshirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirish modeli pedagogik barqarorlikning rivojlanish darajasini tashxislash komponentlarini integrativ muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirishning barqaror moslashuv xarakterini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik, hissiy komponentlar sub’ektlar munosabatlari, yo‘nalishlar tasnifi, natijalar samaradorligi omillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti YoA–1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1351/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqaror moslashuv xarakterini ochib beruvchi komponentlar mazmunini aniqlashtirish imkoni yaratilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar axborot va telekommunikatsion ta’minotning pedagogik imkoniyatlar ta’sirini, pedagogik vaziyatlar,pedagogik hodisalar real voqelik asosida ko‘rsatish va taxlil qilish orqali kuchaytirish hamda funksional vazifalarini tizimlashtirish asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amaliy bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1351/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirishning tashkiliy, axborot va telekommunikatsion ta’minotining pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligining rivojlanganlik darajasini baholash komponentlari sub’ektiv baholash, ob’ektiv baholash,mazmunni baholash, baholash vositasi, baholash shkalasi, baholash stereotipini aniqlashtirish asosida jarayon monitoringi amalga oshirilganligi takomillashtirilganligi bo‘yicha tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1351/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligining rivojlanganlik darajasini diagnostik metodlar yordamida baholash va monitoringini amalga oshirishga erishilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirish modeli pedagogik barqarorlikning rivojlanish darajasini tashxislash komponentlari integrativ muvofiqlashtirish orqali takomillashtirishga doir ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amaliy bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1351/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga barqarorligini shakllantirish modelini takomillashtirishga imkon yaratilgan.