Ernazarov Alisher Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2403.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Kibriyo Hasanova, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Meliev Xamidulla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muaccacalarida o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarining tarkibiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari o‘quv mashg‘ulotlarida uchraydigan ilmiy, uslubiy, psixologik, tarbiyaviy kamchiliklarni belgilash hamda pedagogik maqsadni aniqlash va uni rivojlantirishning intuitiv, reproduktiv, produktiv, ijodiy kabi pedagogik maqsad komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshqarish va loyihalash mexanizmlari innovatsion o‘quv mashg‘ulotlarini boshqarish modelining maqsadli strategiyalarni ishlab chiqish, teskari aloqa va operativ boshqarish funksiyalari va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning individual, juftli, guruhli, jamoaviy va frontal singari parametrlari orqali rivojlantirilgan;
o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning mazmuni va strukturasi o‘quv jarayonini kognitiv (analitik, obstrakt, sintezlovchi, analitik-sintez) loyihalashtirish hamda o‘qitishning muammolarni anglash, g‘oyalarni shakllantirish, g‘oyalarni isbotlash va xulosalash singari bosqichlarini tizimli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;  
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nuqtai-nazaridan baholanib, olingan natijalar matematik statistika metodi yordamida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarining tarkibiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlariga oid mualliflik g‘oyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazida A-1-122 “Ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish va ularni topshiriqlarga aylantirish texnologiyalari” (2015-2017 yy.) mavzusidagi loyihaning mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 89-05-18-son ma’lumotnoma).  Natijada, ushbu loyiha doirasida ilmiy-uslubiy g‘oyalar asosida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalardan bo‘lajak mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda samarali foydalanib kelmoqdalar va ijobiy samaralarga erishmoqdalar; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshqarish va loyihalash mexanizmlari hamda o‘quv mashg‘ulotlarini tanlangan metodika va texnologiya asosida tashkil etilishiga oid takliflardan Samarqand iqtisodiyot servis intituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Farg‘ona politexnika instituti o‘quv jarayonini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 89-05-18-son ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish