Salixov Botirxon Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarda mavjud xavf omillari va klinik-instrumental xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2413.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabbarov Azim Ataxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tana vazni indeksi ko‘rsatkichiga mos ravishda erkak harbiy xizmatchilarda arterial gipertenziya klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini, xavf omillari va nishon a’zolarining holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarning yurak qon tomir kasalliklari xavfi, ularning tarqalganligi tana vazni indeksiga bog‘liqligi aniqlangan;
arterial gipertenziyali erkak harbiy xizmatchilarda buyraklar nishon a’zo sifatida kamdan kam holatlarda zararlanishi hamda yurak geometriyasini konsentrik remodelirlanishi ko‘rinishidagi o‘zgarishi bemorlar tana vazni indeksini ortishi hamda semizlik bilan bog‘liqligi aniqlangan;
tekshirilgan bemorlarning aksariyat qismida, ya’ni 52% da non-dipper shaklidagi arterial qon bosimining bir kecha-kunduzlik profili, 39% dipper, 7% over dipper, 2% nayt-piker profillari aniqlangan;
SCORE modifisirlangan shkalasi orqali fatal va nofatal xavf darajasi hamda qon-tomir va pasport yoshi o‘rtasida tafovut asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arterial gipertenziyali xarbiy xizmatchilarda mavjud xavf omillari va klinik-instrumental xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarda kardiovaskulyar xavfni stratifikatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarda kardiovaskulyar xavfni stratifikatsiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 avgustdagi 8 n-z/436-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SCORE shkalasi asosida va uning modifisirlangan shakli bilan fatal va nofatal yurak qon tomir xavfini miqdoriy baholash va izlanuvchining yurak qon tomir yoshini aniqlash imkonini bergan;
arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarda chap qorincha diastolik faoliyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarda chap qorincha diastolik faoliyatini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 avgustdagi 8 n-z/436-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada arterial gipertenziyali harbiy xizmatchilarning chap qorincha diastolik faoliyati buzilishi mezonlari va turlari, hamda diastolik faoliyat ahamiyatini oydinlashtirish imkonini bergan;
arterial gipertenziyali xarbiy xizmatchilarda mavjud xavf omillari va klinik-instrumental xususiyatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitaliga, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy gospitali, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali klinik amaliyotiga tadbiq tilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 noyabrdagi 08-35194-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar amaliyotga tadbiq etilishi xavf omillarini baholashga, shu asosida kerakli profilaktik va davo choralarini tanlashga, bemorlarning xavf omillarini tushunarli holatda anglashga, ularning o‘z salomatligiga nisbatan ma’suliyatini oshirishga hamda chap qorincha diastolik faoliyatini baholash orqali yurak etishmovchiligi xavfini kelajakda keskin pasayishiga erishish imkonini yaratgan.