Mirakbarova Dildora Miralisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oila institutini mustahkamlashda diniylik va dunyoviylik muvozanati», 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal517.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Nodira Maxmudova, falsafa fanlari doktori, professor, Xujaev Muminjon Isoxonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyoviy va diniy bilimlar muvozanati asosida oila instituti mustahkamligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy oila munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan «ommaviy madaniyat»ning yangicha ko‘rinishdagi ma’naviy tahdidlari, axloqsizlikni targ‘ib qilayotgan noan’anaviy oila konsepsiyasi g‘oyalariga qarshi milliy identiv qadriyatlar asosida yoshlar ongida konstruktiv va destruktiv g‘oyalarni farqlay oluvchi «ma’naviy fil`tr» hosil qilish zarurligi ochib berilgan;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda «integrativ-konseptual» yondashuv asosida «pedagogik qoloqlik» va «irradiatsiya» xususiyatlarini korreksiyalash orqali yoshlar tafakkurida huquqiy, diniy, psixologik, ma’naviy, reproduktiv bilimlarni germenevtik, intensiv, kompleks yo‘nalishda takomillashtirish, oila mustahkamligini saqlash, ajrashishlarning oldini olish lozimligi asoslangan;
oila institutini mustahkamlashda «gender tenglik» tamoyilini jamiyatda yanada keng yoyish maqsadida ushbu masalaning gnoseologik, akseologik xususiyatlariga asoslanib sekulyar va sakral qarashlar orasidagi muvozanatni o‘rnatish orqali oilalarda yuzaga kelayotgan jismoniy, jinsiy, iqtisodiy va psixologik zo‘ravonlik, ayollar o‘rtasidagi suisidal holatlarini oldini olish kerakligi isbotlangan;
diniylik va dunyoviylik tamoyillarining dialektik o‘zaro aloqadorligi oilaning reproduktiv, akseologik, integrativ, kompensatorlik, gneseologik singari ijtimoiy funksiyalarida namoyon bo‘lishi, oilaning barqarorligi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida tizimli-konseptual tahlilni talab qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oila institutini mustahkamlashda diniylik va dunyoviylik muvozanatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
an’anaviy oila munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan «ommaviy madaniyat»ning yangicha ko‘rinishdagi ma’naviy tahdidlari, axloqsizlikni targ‘ib qilayotgan noan’anaviy oila konsepsiyasi g‘oyalariga qarshi milliy identiv qadriyatlar asosida yoshlar ongida konstruktiv va destruktiv g‘oyalarni farqlay oluvchi «ma’naviy fil`tr» hosil qilish zarurligiga oid takliflardan 2020 yil 18-fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5938-son farmonining 4-bandida belgilangan vazifalar, 2021 yil 26 martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5040-son qarorining 1-bandida belgilangan «oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash», «el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish» kabi ustuvor yo‘nalishlar hamda 2-bandidagi qo‘shimcha vazifalar ijrosini ta’minlash oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida targ‘ibot ishlarini samarali o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 9 martdagi 27-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yuzasidan berilgan nazariy xulosalar, amaliy takliflar an’anaviy oila institutini mustahkamlash, noan’anaviy oila tendensiyalari haqida yoshlar uchun tadbirlar o‘tkazish orqali ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda «integrativ-konseptual» yondashuv asosida «pedagogik qoloqlik» va «irradiatsiya» xususiyatlarini korreksiyalash orqali yoshlar tafakkurida huquqiy, diniy, psixologik, ma’naviy, reproduktiv bilimlarni germenevtik, intensiv, kompleks yo‘nalishda takomillashtirish, oila mustahkamligini saqlash, ajrashishlarning oldini olish lozimligi asoslanganligiga doir yangiliklardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining dasturida belgilangan asosiy g‘oya va vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022 yil 11 fevraldagi 01/05-13-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan taklif, tavsiyalar, o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kengashi tomonidan 2022 yil 31 yanvar` kuni №6-son qarori asosida nashrga tavsiya etilgan va chop etilgan «Oila ma’naviyati» o‘quv-uslubiy qo‘llanmasidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular o‘rtasida keng tus olayotgan «pedagogik qoloqlik» kabi ma’naviy illat ko‘rsatkichlarini kamaytirish, oilada er-xotinning moliyaviy hamda muomalaviy burch va majburiyatlariga oid ma’lumotlarni dunyoviy va diniy bilimlar uyg‘unligida samarali targ‘ib qilishda foydalanilgan.
oila institutini mustahkamlashda «gender tenglik» tamoyilini jamiyatda yanada keng yoyish maqsadida ushbu masalaning gnoseologik, akseologik xususiyatlariga asoslanib sekulyar va sakral qarashlar orasidagi muvozanatni o‘rnatish orqali oilalarda yuzaga kelayotgan jismoniy, jinsiy, iqtisodiy va psixologik zo‘ravonlik, ayollar o‘rtasidagi suisidal holatlarini oldini olishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 2 martdagi 02-03/1390-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida davlat va jamoat tashkilotlari, imom-xatiblar va otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv-qo‘llanma va darsliklarni ishlab chiqishda foydalanilgan.
diniylik va dunyoviylik tamoyillarining dialektik o‘zaro aloqadorligi oilaning reproduktiv, akseologik, integrativ, kompensatorlik, gneseologik singari ijtimoiy funksiyalarida namoyon bo‘lishi, oilaning barqarorligi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida tizimli-konseptual tahlilni talab qilishiga doir yangiliklardan «Toshkent» teleradiokanali» davlat muassasasida bir qator ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» telerdiokanali» davlat muassasasining 2022 yil 4 fevraldagi 01-16-18-son ma’lumotnomasi). Natijada «Toshkent» teleradiokanali» «Qonun doirasida» ko‘rsatuvining 2021 yil 26 martda «Oila qurishdagi qaltis qadam», 2021 yil 2 aprelda «Giyohvand dorilarga o‘rganib qolgan bo‘lajak kelin-kuyovlar taqdirlari», 2021 yil 14 mayda «Oila qurish ostonasidagi yoshlarga qo‘yiladigan talablar» kabi mavzulardagi turkum ko‘rsatuvlar efirda namoyish etilib, ko‘rsatuvda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila munosabatlarini dunyoviy va diniy bilimlar asosida mustahkamlashga oid taklif hamda tavsiyalaridan foydalanilgan.