Abdurahmanov Sohibjan Turdialievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurg‘oqchil hududlar dehqonchiligida suvni tejash imkoniyatlarini baholash», 11.00.04–Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/G11.
Ilmiy rahbar: Kamolov Baxodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya xizmati markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev A’lo Qayumxodjaevich, geografiya fanlari doktori; Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurg‘oqchilikda suvni tejash va hududning agrometeorologik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda qishloq ho‘jaligida havodagi namdan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurg‘oqchil hududlarda mul`chlash natijasida tuproqning kondensatsiya hisobiga nam to‘plashi tajribalar asosida aniqlangan;
bug‘lanuvchanlik o‘rtacha yillik yog‘in miqdoridan yuqori bo‘lgan qurg‘oqchil sharoitlarda mul`chlash asosida ekinlardan sug‘ormasdan hosil olish mumkinligi aniqlangan;
suv resurslari o‘ta cheklangan hududlarda sabzavotlardan sug‘orishsiz hosil olish usuli asoslangan;
tuproqda vegetatsiya boshlanishiga to‘plangan nam miqdori kuz-qish davridagi yog‘in miqdoridan ko‘pligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurg‘oqchilikda suvni tejash va havodagi namdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
qurg‘oqchil va suv taqchil bo‘lgan hududlarda ekinlardan sug‘orishsiz hosil olish Namangan viloyati Chortoq va Kosonsoy tumanlarida suv tanqis bo‘lgan fermer xo‘jaliklarida foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2016 yil 29 dekabrdagi 01/04-768-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘ormasdan ekin etishtirishdan suv muammosi mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaliklarida foydalanish katta iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
agrometeorologik sharoitlarga asoslangan holda yillik yog‘in miqdori kam va bug‘lanish yuqori bo‘lgan sharoitlarda erdagi namni ushlab qolish uchun mul`chlashdan Chortoq tumanidagi fermer xo‘jaliklarda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2017 yil 7 dekabrdagi 04/14-51 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy natijalar sug‘orilmaydigan erlardan samarali foydalanishga va ekinlardan hosil olishga xizmat qilgan;
tuprog‘i unumdor, ammo suv ta’minoti yaxshi bo‘lmagan hududlarda sug‘orishsiz sabzavotlardan hosil olish tajriba natijalaridan Namangan viloyatining Chortoq tumani fermer xo‘jaliklarida foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 fevraldagi 04/32-243-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar 2011–2016 yillarda fermer xo‘jaliklariga sug‘orishga sarflanadigan suvni tejashga imkon bergan;
tuproqda nam to‘planishi bo‘yicha olingan natijalardan Namangan viloyati fermer xo‘jaliklarida sug‘ormasdan ekinlarni etishtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik Harakatining 2016 yil 23 dekabridagi 12/757-son ma’lumotnomasi). Qurg‘oqchil hududlarda ushbu usuldan foydalanish tuproq sho‘rlanishining oldini olishga imkon bergan.