Yusupova Kamola Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Pedagogika kollejlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2359.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimov Jamshid Oktyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika kollejlari o‘quvchilarida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ixtirochilik muammolarini xal qilish nazariyasiga asoslangan kreativ adaptiv, kreativ yo‘naltiruvchi, kreativ izlanuvchi, intelektual kreativ kabi bosqichlarni optimallashtirish orqali pedagogning kreativ kompetensiyasi tuzilmasi ishlab chiqilgan;
interfaol-metodik xarakterdagi muammoli vaziyatlar hamda “Toza kitob”, “Tasodifiy so‘zlarning o‘zaro bog‘liqligi”, “O‘ylab topilgan personajlar” usullarini yaratish natijasida amaliy topshiriqlarni birligini o‘zida yaxlit aks ettirgan signifikatsion ko‘nikmalar va kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining tadqiqotchilik, ixtirochilik, ratsionalizatorlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan interfaol-metodik loyiha, kreativ usullar va “TRIZ” texnologiyasidan majmuaviy foydalanish asosida “Badiiy ijodiy faoliyat”, “MTTda ijodiy rivojlanish” modullarini tashkiliy-didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
moslashuvchanlik, o‘ziga xoslik, ijodkorlik, mezonlari tarkibiga muloqot va tashkilotchilik, pedagogik improvizatsiya, noodatiy tafakkur mezonlarini kiritish orqali pedagogning kreativ kompetensiyasini baholash vositalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
o‘quvchilarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ixtirochilik muammolarini xal qilish nazariyasiga asoslangan kreativ adaptiv, kreativ yo‘naltiruvchi, kreativ izlanuvchi, intelektual kreativ kabi bosqichlarni aniqlashtirishga oid takliflar pedagogika kollejlarining “4.11.02.02-Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi” va “4.11.02.01- Maktabgacha ta’lim yordamchi tarbiyachisi” yo‘nalishilari malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 89.05.76-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalari rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Toza kitob”, “Tasodifiy so‘zlarning o‘zaro bog‘liqligi”, “O‘ylab topilgan personajlar” mualliflik metodlari Toshkent pedagogika kolleji, Bo‘ka pedagogika kolleji, Guliston pedagogika kolleji, Namangan pedagogika kollejida “Badiiy ijodiy faoliyat”, “MTTda ijodiy rivojlanish” fanlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 89.05.76-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida ta’lim jarayonida foydalaniladigan o‘qitish usullari va vositalari takomillashtirilgan;
pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol-metodik loyiha, kreativ usullar va “TRIZ” texnologiyasidan majmuaviy foydalanishga doir takliflar “MTTda ijodiy rivojlantirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 89.05.76-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlari o‘quvchilarini kreativ kompetentligini rivojlantirishning diaktik takomillashtirilgan.