Yusupov Sharofiddin Bo‘ronovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Shirin qalampir ko‘chatlarini etishtirishning samarador elektrotexnologiyasi, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/T1839
Ilmiy rahbar: Bayzakov Taxir Mirzanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Tursunboevich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi nurlatish manbalaridan foydalanib shirin qalampir ko‘chatlarini etishtirishning samarador elektrotexnologiyasini ishlab chiqish.
nurlatish bilan shirin qalampir urug‘i va ko‘chatlariga ishlov berish asosida ko‘chat etishtirishning samarador elektrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
elektr ishlov berib shirin qalampir ko‘chatlari etishtirishda, ularning vegetatsiya davri, nurlatgichning o‘rnatilish balandligi va nurlatish vaqtiga bog‘liqligi aniqlangan;
shirin qalampir ko‘chatlariga nur bilan ishlov berishda nurlatish manbasiga berilayotgan kuchlanishning ko‘chatlarni etilish davomiyligiga ta’siri aniqlangan;
nurlatish davomiyligi, nurlatgichlarning o‘rnatish balandligi va manba kuchlanishini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib ko‘chat etishtirish davomiyligini ifodalaydigan regressiya tenglamalari olingan va ularni echish orqali ko‘chat etishtirish davomiyligining maqbul parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shirin qalampir ko‘chatlarini etishtirishning samarador elektrotexnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shirin qalampir urug‘i va ko‘chatlarini nurlatish qurilmasi bilan nurlatish texnologiyasi “Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlari etishtirishga mo‘ljallangan laboratoriyasi, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani “ELYOR SMART AGRO” MChJ va “SOBR STROY SERVIS” MChJ issiqxona xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 martdagi №02/23-04/1083-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlar 2,1 martagacha kamayishi, shirin qalampir ko‘chatlarining 1 va 2 bosqichlardagi unuvchanligi 11-12 kundan 7-9 kunga tezlashishi va unib chiqqan ko‘chatlar miqdori 10-15%ga ko‘payishi va o‘rtacha 50-60 kunda ko‘chat etishtirilishiga erishilgan;
shirin qalampir urug‘lari va ko‘chatlarini nurlatish qurilmasini o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 martdagi №02/23-04/1083-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirin qalampir ko‘chatlarini nurlatish uchun material hajmdorligi texnik topshiriqqa asosan amaldagi qo‘llaniladigan nurlatgichlarga nisbatan 1,3-1,4 martaga kamayishi va qurilmani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyatini yaratilgan.