Raximov Abduraxmon Naimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda endoteliy disfunksiyasining klinik-prognostik jihatlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1662.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kurbanov Nurali Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda kasallik kechishining klinik-neyrogumoral prediktorlarni aniqlash hamda prognozlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligning klinik kechishi xususiyatlari namoyon bo‘lishida endotelin-1 va renin – angiotenzin – al`dosteron tizimi ko‘rsatkichlari salbiy o‘zgarishlari aniqlangan. 
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda yurak-qon tomir remodellanishuvi jarayonlarining zo‘rayishi yurak sistolik funksiyasi va global bo‘ylama deformatsiyasi pasayishi bilan kechishi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda endoteliy disfunksiyasining gumoral omillar holati bilan kasallik klinik kechishi va yurak remodellanish jarayonlari yaqqolligi orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi kechishini erta prognozlashga yondashuv prognostik matrisa ishlab chiqish natijasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda endoteliy disfunsiyasini klinik-prognostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik kechishini erta prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizimi komorbid kasalliklarini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini bashoratlash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 sentyabrdagi 8n-z/456-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlar kasallik rivojlanishini prognozlash, kasallik kechishini yaxshilash imkonini bergan;
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent viloyati somatik klinik shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 08-35621-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda kasallik rivojlanishiga moyillikni erta aniqlash, klinik kechishini prognozlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish