Mamadaliev Abbosbek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Notravmatik miya ichi qon quyilishlarining yoshga doir klinik kechishi va davolash taktikasi xususiyatlari», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib992.
Ilmiy rahbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Maxkamjon Kozimovich, tibbiyot fanlari doktori; Agzamov Mansur Kamolovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gemorragik insul`t bilan kasallangan bemorlarni yoshiga xos klinik xususiyatlarini baholashga asoslangan davolash taktikasini tanlash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
notravmatik miya ichi qon quyilishining boshlang‘ich davrida kasallikning klinik kechishi kuzatilgan va gematomalar xajmi 20 mldan ortiq bo‘lgan xollarda ularning lokalizatsiyasiga ko‘ra 59 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda xushning buzilish darajasining sustligi va keskinlashishga moyilligi, aksincha 60 yoshdan katta bo‘lgan bemorlarda xushning tez buzilishi xamda uning keskinlashmasligi aniqlangan;
notravmatik miya ichi qon quyilishining davolash usullarini ballar tizimi va umumiy summasi yordamida tanlash xamda natijani prognozlash mezonlari aniqlangan, bunda mezonlar ko‘rsatkichlari yig‘indisi past bo‘lgan davolash taktikasini tanlash afzalligi isbotlangan;
o‘rta xajmdagi notravmatik miya ichi qon quyilishlarda 18-44 yoshli bemorlarda xushning xatto komagacha buzilishi, 45-59 yoshli bemorlarda xushning soporgacha buzilishi, 60-74 yoshli bemorlarda xushning chuqur karaxtlikkacha buzilishi, shu bilan birga bemorlar umumiy xolati APACHE III bo‘yicha 70 ballgacha bo‘lganda xirurgik davolash usulini tanlash orqali natijalarning maksimal samaradorligiga erishish mumkinligi isbotlangan;
tanlangan davolash taktikasiga mutanosib olti oylik katamnezda salbiy natija extimolini ob’ektiv baxolashda cut-off nuqtasi 60,5 yosh ekanligi aniqlangan va ushbu yoshdan kattalarda davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lishi ehtimoli 0,97-2,25 barobar oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Notravmatik miya ichi qon quyilishlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga asosan:
notravmatik miya ichi qon quyilishlarni davolash natijalarini prognozlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Notravmatik miya ichi qon quyilishlarni davolash natijalarini prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 29 apreldagi 8n-d/152-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar notravmatik miya ichi qon quyilishlarni davolash natijalarini prognozlash va optimal davolash usulini tanlash orqali nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan;
notravmatik miya ichi qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan tadqivotlar natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon, Buxoro va Farg‘ona filiallari va Andijon viloyati qo‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi 08-29101-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar notravmatik miya ichi qon quyilishlarni davolashdagi nogironlik va o‘lim xolatlarni 0,97 barobarga qisqartirish imkonini bergan.