Toxirov Javlon Raximovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt921.
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy-iqtisodiy elementlari tarkibidagi xususiy investisiya (IX=35%), davlat byudjetidan moliyalashtirish (MDB=25%), subsidiya berish (MS=15%), ssuda olish (MSS=15%) va soliq imtiyozlarini (MSI=10%) joriy qilishning optimal me’yorlarini belgilash orqali ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish asoslangan;
«ta’lim-innovatsiya-samaradorlik» munosabatlari tizimiga o‘zaro balanslashgan (3I=3S) miqdordagi ijobiy (ijtimoiy sheriklik, akademik va moliyaviy mustaqillik, innovatsion faollik) hamda salbiy (hududning demografik holati, raqobat darajasining ortishi, xususiy sheriklar faoliyatidagi moliyaviy risklar) omillarni kiritish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta’minlash asoslangan; 
davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘rtacha soni, ta’lim muassasalari umumiy sonidagi ulushi va har 1000 nafar talabaga to‘g‘ri keluvchi ta’lim muassasalari soni bo‘yicha integral ko‘rsatkichning uch xil (K1=0,55; K2=0,75; K3=0,95) miqdordagi variantlarida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta’minlash darajalari asoslangan;  
ta’lim xizmatlari umumiy hajmi o‘zgarishiga ta’lim sohasida band bo‘lgan xodimlar soni, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar hajmining ta’sirini baholash asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy-iqtisodiy elementlari tarkibidagi xususiy investisiya (IX=35%), davlat byudjetidan moliyalashtirish (MDB=25%), subsidiya berish (MS=15%), ssuda olish (MSS=15%) va soliq imtiyozlarini (MSI=10%) joriy qilishning optimal me’yorlarini belgilash orqali ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Ta’lim xizmatlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2021 yil 17 noyabrdagi 04-04/284-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim xizmatlari sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari xususiy investisiya hamda davlat byudjetidan moliyalashtirish, subsidiya berish, ssuda olish va soliq imtiyozlarini joriy qilish kabi fiskal dastaklarining elementlari muvofiqlashtirilgan;
«ta’lim-innovatsiya-samaradorlik» munosabatlari tizimiga o‘zaro balanslashgan (3I=3S) miqdordagi ijobiy (ijtimoiy sheriklik, akademik va moliyaviy mustaqillik, innovatsion faollik) hamda salbiy (hududning demografik holati, raqobat darajasining ortishi, xususiy sheriklar faoliyatidagi moliyaviy risklar) omillarni kiritish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Ta’lim xizmatlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 25 avgustdagi 03-813-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligiga ijobiy hamda salbiy omillarni aniqlab borish uchun omilli tahlil usullaridan foydalanib, «ta’lim-innovatsiya-samaradorlik»ning o‘zaro manfaatli bog‘liqlik modeli ishlab chiqilgan; 
davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘rtacha soni, ta’lim muassasalari umumiy sonidagi ulushi va har 1000 nafar talabaga to‘g‘ri keluvchi ta’lim muassasalari soni bo‘yicha integral ko‘rsatkichning uch xil (K1=0,55; K2=0,75; K3=0,95) miqdordagi variantlarida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Ta’lim xizmatlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 25 avgustdagi 03-813-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligiga baho berishda miqdor va sifat ko‘rsatkichlardan foydalanib, alohida omillar ta’sirini iqtisodiy tahlilning mul`tiplikativ modeli orqali aniqlash asoslangan; 
ta’lim xizmatlari umumiy hajmi o‘zgarishiga ta’lim sohasida band bo‘lgan xodimlar soni, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar hajmining ta’sirini baholash asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Ta’lim xizmatlarini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2021 yil 17 noyabrdagi 04-04/284-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim xizmatlari umumiy hajmi o‘zgarishiga ta’lim sohasida band bo‘lganlar xodimlar soni, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar hajmi bilan bog‘liq omillar ta’sirini aniqlash orqali 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish