Egamberdiev Elmurod Abduqodirovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sellyuloza va tolali to‘ldiruvchilar asosida yangi turdagi qog‘ozsimon materiallar olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T553.
Ilmiy maslahatchi: Rahmonberdiev G‘affor Rahmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin, texnika fanlari doktori, professor; Abed Nodira Soyibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaxmedova Munisa Xakimdjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida maxsus xususiyatlarga ega yangi turdagi qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida sellyuloza saqlovchi mahalliy bir yillik o‘simliklardan sellyuloza olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
organik tabiiy polimerlar va noorganik bog‘lovchilar asosida olingan kompozision materiallarning mexanik, fizik-kimyoviy xossalriga isbotlangan;
qog‘ozsimon mineral tolali kompozit materiallarning strukturasi va deformatsion-mustahkamligi aniqlangan va tolalar orasidagi bog‘larning tabiati va xarakteri bilan bog‘liqligi asoslangan;
bir va ko‘p qavatli yuqori samarali qog‘ozsimon mineral tolali o‘ram va fil`tr materiallarini tayyorlash resepturasi aniqlangan va tarkib nisbatlarining issiqlikni himoyalash va fil`trlash xossalariga bog‘liqligi isbotlangan;
qog‘oz sanoatining ikkilamchi chiqindilaridan fermentativ gidroliz orqali olingan bioparchalanuvchi nanotsellyulozaning suv shimish, havo oqimi va mutloq yorilishga qarshilik kuchi aniqlangan;
mahalliy tabiiy polimerlardan qog‘oz olish jarayonida xitozon moddasini qog‘ozning mexanik, fizik-kimyoviy xossalariga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
mahalliy ipak qurti xitinidan olingan past va o‘rta molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan xitozan moddasini qog‘ozning sirt xususiyatlariga, qog‘ozning yaltiroqlik xossasi hamda qog‘oz massasi yuzasida vodorod bog‘larning keskin oshishiga ta’siri isbotlangan;
sellyuloza va mahalliy bazl`t tolalari asosida olingan yangi turdagi qog‘ozning mexanik xossalari (uzulish uzunligi, yirtilishga mustahkamligi, suvni kam shimishi, ikki tomonlama bukilishlar sonini ortishi) ga xitozan moddasini ta’siri aniqlangan;
mahalliy xomashyo asosida oziq-ovqat, kimyo, yog‘-moy va neftni qayta ishlash, qishloq va xalq xo‘jaligi sohalari uchun maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyo asosida maxsus xususiyatlarga ega yangi turdagi qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sellyuloza, noorganik tolali to‘ldiruvchilar va xitozan tarkibli kompozisiya asosida olingan o‘ram qog‘ozi olish texnolgiyasi «TECHNO PRINT» MChJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 10 oktyabridagi 05/15-2522-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyoviy barqaror, nam havoga chidamliligi, suvni kam shimuvchi, qiyin yonadigan o‘ram qog‘ozlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
bir va ko‘p qavatli yuqori samarali qog‘ozsimon mineral fil`tr materiallari «Yangiyo’l yog’-moy» AJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan («Yog’-moy sanoati korxonalari» uyushmasining 2022 yil 5 sentyabrdagi NM/3-737-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘ moy sanoatida foydalanib kelinayotgan «Belting» matosini mahalliy fil`tr qog‘oz bilan to‘liq almashtirish imkonini bergan;
organik va noorganik tolali to‘ldiruvchilar hamda xitozan asosida olingan tolali o‘ram qog‘oz «Qalbinur Fayz Mebel» MChJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 10 oktyabridagi 05/15-2522-son ma’lumotnomasi). Natijada, mebel sanoati uchun xorijdan keltirilayotgan o‘ram qog‘ozini 100 % almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish