Umarov Baxram Smanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qutbsiz, qutbli va kvadrupol molekulalarning diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasiga adsorbsiyalanishi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K468.
Ilmiy rahbar: Yarkulov Axror Yuldashevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qutbsiz, qutbli va kvadrupol molekulalarning gibrid diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasiga adsorbsiyalanish xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasiga qutbsiz, qutbli va kvadrupol molekulalarni adsorbsiyalanishining presizion adsorbsion-kalorimetrik usul bilan izotermalari olingan va ular mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasining ikki va uch a’zoli matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
qutbsiz, qutbli va kvadrupol molekulalarni diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasiga adsorbsiyalanishining termokinetikasi orqali adsorbsion muvozanat vaqti aniqlangan;
diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasiga qutbsiz, qutbli va kvadrupol molekulalarning adsorbsiyalanish issiqligi pog‘onasimon ravishda va differensial molyar entropiyaning qiymati adsorbatlarning miqdoriga qarab sorbentga mustahkam joylashishi aniqlangan;
turli adsorbsion modellari bo‘yicha diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasiga qutbsiz, qutbli va kvadrupol molekulalarni adsorbsiyalanish parametrlari hamda teksturaviy xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Gibrid DAS-kremnezem nanokompozisiyalari asosida yarim o‘tkazgichli sensorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozitli kimyoviy sensorlar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning amaliyotiga joriy qilindi ( Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2022 yil 13 iyul`dagi 812/GK-07 son ma’lumotnomasi) Natijada, H2S, CO, CO2, N2 gazlarni aniqlash uchun yangi sensor yaratish imkonini bergan;
gibrid diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyalarining fizik-kimyoviy xossalaridan №YoF7-OT-0-45168 YoF7-2 «Polisaxaridlarning konsentrlangan eritmalari va ular asosidagi kompozisiyalarni termodinamik xossalari» mavzusidagi fundamental loyihasida adsorbsiya izotermasi, kapillyar-g‘ovak tuzilishlari va adsorbsiyalanish mexanizmlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 martdagi 89-05-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, gibrid diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyasini adsorbsiyalanishining termodinamik xossalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish