Djanklich Sayde Mustafaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida populyasion saraton registrining uslubiy jihatlari» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PHD/Tib1189.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori; Rim Djey Suk, tibbiyot fanlari doktori, professor (Koreya Resrublikasi)
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida populyasion saratoni registri metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onkologik xizmatni qo‘pol intensiv, standartlashtirilgan va yoshga xos ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida batafsil tahlil qilish ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning barcha bosqichlarida onkologik xizmat ishini yuritish tartibini optimallashtirishga imkon berganligi isbotlangan;
populyasion baza asosida saraton bemorlarning ro‘yxatga olishda klinik bosqichi, TNM va klinik guruhi shakllantirishda tipik xatolarni asoslash xavfli o‘smali bemorlarini ro‘yxatga olish, maxsus tibbiy yordam va davolash sifatini oshirishga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish imkonini berishi isbotlangan;
ilk marotaba tashkil etilgan populyasion saraton registrining uslubiy jihatlarni faoliyat ko‘rsatishi uchun 4 ta xalqaro katalog va 11 ta mahalliy kodifikatorlar va davolashni individuallashtirish uchun onkologik kasalliklarni kodlash va bosqichlash tartibini standartlashtirish imkoni isbotlangan;
ilk marotaba ishlab chiqilgan modullar bo‘yicha guruhlangan statistik ko‘rsatkichlar to‘plami, xavfli o‘smalarning birlamchi kasallanish, o‘lim, dispanser hisobi, davolash ishlari, tashxislash, aholini profilaktik tekshiruvi va skrining dasturlari sifati, davolashning uzoq muddatli natijalarini, onkologik yordam holati, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini baholash hamda davlat darajasida saratonga qarshi turli dasturlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida populyasion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida populyasion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishni amalga oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Onkologiyada asosiy statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 8-n/r 767-son ma’lumotnomasi). Natijada populyasion saraton kasalligini aholi orasida tarqalishini erta tashxislash, xavf omillarni erta baholash, kasallikning erta skirining amalga oshirish orqali  bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
O‘zbekiston Respublikasida populyasion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand va Farg‘ona viloyatlari filialining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8n-z320-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasida populyasion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish orqali onkologik statistika ko‘rsatkichlari 7 ta asosiy blokka birlashtirilib, xavfli o‘sma bilan kasallanishning birlamchi, o‘lim, dispanser hisobga olishni tashkil etish, tibbiy ishlarni tashkil etish, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, aholini profilaktika ko‘rikdan va skrining dasturlari tekshirishlaridan o‘tkazish sifati, davolashning uzoq muddatli natijalarini baholash tizimini ishlab chiqilish va tatbiq natijasida, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash, shuningdek, turli xil profilaktik saratonni nazorat qilish dasturlarini ishlab chiqish, aniqlangan xato va noaniqliklar bo‘yicha xavfli o‘smalar bilan kasallangan birlamchi bemorlarni hisobga olishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar kasallikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish