Xalmuratova Jumagul Gaybullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tadbig‘iga asoslangan dars tahlili va uning metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped.3195.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashov Maxamatrasul texnika fanlari doktori, professor.                             
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili va uning metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili muammosining echimi ilmiy-nazariy jihatdan (ijodiy-muammoli metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim texnologiyalari, “Assisment” texnologiyasi) o‘qitishga ta’sir ko‘rsatuvchi rivojlantiruvchi omillar bilan uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida dars tahlilining besh qavatli piramidasini amaliy kompetensiya darajasi hamkorlik texnologiyasi, konferensiya darslari, kompyuter texnologiyasi asosidagi darslar, didaktik va rolli o‘yinlar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar, sayyor mashg‘ulotlarga ustuvorlik berish asosida  ishlab chiqilgan;
innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili metodikasi ilmiy iste’molga kiritilib, muntazamlilik, kafolatlanganlik, muhokama, ijobiy ta’cirni kompetensiyaviy yondashish asosida modifikatsiyalashtirish va  innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili modeli pedagogik jarayonning maqsadli, metodologik, tashkiliy-mazmunli, operativ faoliyat, mezonli-baholash komponentlarini hamda zamonaviy metodik yondashuvlarni tanlash va variativ uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlilini dars loyihasini innovasion texnologiyalar asosida tayyorlash, kasb faoliyati jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni engib o‘tish, dars maqsadi asosida rang-barang muloqot shakllarini yaratish, shuningdek, ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy fazilatlarni rivojlantirishga olib keladigan mazmun bilan boyitilish  taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili va uning metodikasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili muammosining echimi ilmiy-nazariy jihatdan (ijodiy-muammoli metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim texnologiyalari, “Assisment” texnologiyasi) o‘qitishga ta’sir ko‘rsatuvchi rivojlantiruvchi omillar bilan uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilganligi, oliy ta’lim tizimida dars tahlilining besh qavatli piramidasini amaliy kompetensiya darajasi hamkorlik texnologiyasi, konferensiya darslari, kompyuter texnologiyasi asosidagi darslar, didaktik va rolli o‘yinlar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar, sayyor mashg‘ulotlarga ustuvorlik berish asosida  ishlab chiqilganligiga oid xulosalar “Pedagogika. Psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 538/t-027-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ta’lim jarayonini  samarli tashkil etish, o‘qituvchi-talaba o‘rtasida qaytar aloqa mexanizimining vijudga kelishi,talabalarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini kuzatish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini boshqarish orqali o‘z-o‘zini tarbiyalashga erishish, har bir o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ichki imkoniyatlarini to‘la ochishga erishish va ularning amaliy samaradorligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili metodikasi ilmiy iste’molga kiritilib, muntazamlilik, kafolatlanganlik, muhokama, ijobiy ta’cirni kompetensiyaviy yondashish asosida modifikatsiyalashtirish va  innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlili modeli pedagogik jarayonning maqsadli, metodologik, tashkiliy-mazmunli, operativ faoliyat, mezonli-baholash komponentlarini hamda zamonaviy metodik yondashuvlarni tanlash va variativ uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligi, oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga asoslangan dars tahlilini dars loyihasini innovasion texnologiyalar asosida tayyorlash, kasb faoliyati jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni engib o‘tish, dars maqsadi asosida rang-barang muloqot shakllarini yaratish, shuningdek, ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy fazilatlarni rivojlantirishga olib keladigan mazmun bilan boyitilish  taklif etilganligi kabi tavsiyalar “Boshqaruv psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 500/t-036-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar tatbig‘i samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish