Asilbekov Nurjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talaba shaxsining o‘zini-o‘zi ma’naviy kasbiy tarbiyalash metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped.3090.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba shaxsini o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik va jismoniy-fiziologik omillari modelini takomillashtirish hamda talaba shaxsini o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashining mazmuni, tamoyillari va metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba shaxsining o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash muammosi O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi va uning jahon ilm fani rivojiga oid ilmiy nazariy adabiyotlar ta’lim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy, psixologik, didaktik, sotsioligik qonuniyatlar uyg‘unligi asosida aniqlangan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashga qaratilgan barqaror motivlar dinamikasi o‘z-o‘ziga talabchanlik, talabaning mehnatsevarligi, kasbiy motivatsion yo‘nalganlik, bilimdonlik bilan bog‘liqligi isbotlangan;
«O‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash» tushunchasi hamda «O‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash tizimi» ilmiy iste’molga kiritilib, ularni qo‘llash texnologiyasi ta’lim-tarbiyaning an’anaviy va zamonaviy metodlari uyg‘unligida integrativ muammolar echimi sub’ektning egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kasbga yo‘naltirishi, kasblararo hamkorlikning pedagogik-psixologik asoslarini bilishi, kasblararo nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lashi, sub’ektni ishni bilgan holda kasbiy faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirishi orqali takomillashtirilgan;
integrativ yondashuvga ko‘ra o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashning umumpedagogik va o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash prinsiplarining birligi asosidagi ta’lim-tarbiya jarayonining mohiyati, ularni rivojlantirishning integrativ jarayonga xos an’anaviy va innovatsion texnologiyalari, omillari (pedagogik, psixologik, fiziologik), refleksiv xususiyat (o‘zini-o‘zi kasbiy anglash, o‘zini-o‘zi kasbiy tahlil etish; o‘z-o‘ziga kasbiy baho berish, o‘zining kasbiy faoliyatini o‘zi korreksiya qilish, o‘z-o‘ziga kasbiy talabchan bo‘lish)lari hamda mezonlari (quyi, o‘rta, yuqori) belgilab berilib, talaba shaxsining o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba shaxsini o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash metodikasi yuzasidan amalga oshirilgan tajribalarning natijalari asosida:
talaba shaxsining o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash muammosi O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi va uning jahon ilm fani rivojiga oid ilmiy nazariy adabiyotlar ta’lim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy, psixologik, didaktik, sotsioligik qonuniyatlar uyg‘unligi asosida aniqlanganligi, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashga qaratilgan barqaror motivlar dinamikasi o‘z-o‘ziga talabchanlik, talabaning mehnatsevarligi, kasbiy motivatsion yo‘nalganlik, bilimdonlik bilan bog‘liqligi isbotlanganligi yuzasidan xulosalar «Talabalar jismoniy tarbiyasi» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 237-268-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, fandagi talaba shaxsining o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash texnologiyasiga oid materiallarni boyitishga xizmat qilgan;
«O‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash» tushunchasi hamda «O‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash tizimi» ilmiy iste’molga kiritilib, ularni qo‘llash texnologiyasi ta’lim-tarbiyaning an’anaviy va zamonaviy metodlari uyg‘unligida integrativ muammolar echimi sub’ektning egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kasbga yo‘naltirishi, kasblararo hamkorlikning pedagogik-psixologik asoslarini bilishi, kasblararo nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lashi, sub’ektni ishni bilgan holda kasbiy faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirishi orqali takomillashtirilganligi oid xulosalar «Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 30 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 191-001-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning ma’naviy rivojlanishini ta’minlash samaradorligi oshgan;
integrativ yondashuvga ko‘ra o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashning umumpedagogik va o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash prinsiplarining birligi asosidagi ta’lim-tarbiya jarayonining mohiyati, ularni rivojlantirishning integrativ jarayonga xos an’anaviy va innovatsion texnologiyalari, omillari (pedagogik, psixologik, fiziologik), refleksiv xususiyat (o‘zini-o‘zi kasbiy anglash, o‘zini-o‘zi kasbiy tahlil etish; o‘z-o‘ziga kasbiy baho berish, o‘zining kasbiy faoliyatini o‘zi korreksiya qilish, o‘z-o‘ziga kasbiy talabchan bo‘lish)lari hamda mezonlari (quyi, o‘rta, yuqori) belgilab berilib, talaba shaxsining o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalash samaradorligi isbotlanganligiga oid xulosalar «Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 30 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 191-001-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada integrativ yondashuvga ko‘ra o‘zini-o‘zi ma’naviy-kasbiy tarbiyalashning mohiyatini aniqlash imkoni oshirilgan.