Yuldasheva Nilufar Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiy ta’limda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy-metodik asoslari (umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped232.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduvalitov Ergash Buranevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi uzluksiz ta’lim (umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi)ning adabiyot darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyot darslarida o‘quvchilarga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishning yaxlitlik, uzviylik, uzluksizlik va ko‘rgazmalilik tamoyillarini adabiy ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning kognitiv va affektiv harakat omillari asosida yangilangan pedagogik paradigmalarga aloqador qadriyatli va refleksiv komponentlar taksonomiyasining pedagogik imkoniyati aniqlashtirilgan;
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda o‘quvchilar yosh va ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olishning deduktiv va induktiv metodlari orqali tafakkurini o‘stirish, mustaqil o‘qish, badiiy asarni tahlil qilish, qiyosiy solishtirish, aniqlash kabi mustaqil tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik-psixologik omillarning tutgan o‘rni jarayonga kommunikativ, kreativ, konstruktiv, refliksiv hamda ijtimoiy-didaktik yondashuvlarni tatbiq etish asosida ochib berilgan;
yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini adabiyot darslari orqali shakllantirishda ta’lim ob’ektini fikriy uyg‘oqlikka, milliy ruhni kuchaytirishga, ma’naviy barkamollikka yo‘naltirishning darsni loyihalashtirish, o‘quvchilarni ta’limga yo‘naltirish, o‘quvchi faoliyatini kuzatish, yutuqlarini baholash, ijodiy fikrni qo‘llab-quvvatlash kabi ta’limiy metodlari, adabiyot darslarini tashkil etishning muammoli, evristik, interaktiv, integratsiyalashgan va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish komponentlari pedagogik kvalimertiyaning maqsadli, tizimli, ichki va tashqi baholash usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchining vatanparvarlikka oid badiiy matnni estetik did asosida tushunishi, atamalar va yangi so‘zlarni sharhlay olishi hamda berilgan adabiy material mazmunini ochib berish va munosabat bildirish qobiliyati adabiyot mashg‘ulotlarini pedagogik loyihalash intensivligini ta’minlashning mutolaa, his qilish va tafakkur uyg‘unligidan iborat uch omili asosida aniqlangan;
adabiy ta’lim tizimida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligini ta’minlash mexanizmi tajriba-sinov ishlarida, adabiyot darslarida integrativ shart-sharoitlar muhitini hosil qiluvchi aniq, o‘xshash, noan’anaviy, muammoli vaziyatlar va taqdimot darslarini kuzatish, tahlil qilish, tatbiq etish jarayonlarining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi kafolatlangan natijasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimining adabiyot darslarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy–metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adabiyot darslarida o‘quvchilarga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishning yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik, ko‘rgazmalilik tamoyillarini adabiy ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning kognitiv harakat, psixomotor harakat va affektiv harakat omillari yangilangan pedagogik tafakkur insoniy vatanparvarlik munosabatlarining didaktik usullari, pedagogik imkoniyatiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-799-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi adabiyot darslarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy-metodik asoslari yaratilgan;
pedagogik kvalimertiyaning maqsadli, tizimli, ichki va tashqi baholash usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini adabiyot darslari orqali shakllantirishda ta’lim ob’ektini fikriy uyg‘oqlikka, milliy ruhni kuchaytirishga, ma’naviy barkamollikka yo‘naltirishning darsni loyihalashtirish, o‘quvchilarni ta’limga yo‘naltirish, o‘quvchi faoliyatini kuzatish, yutuqlarini baholash, ijodiy fikrni qo‘llab-quvvatlash kabi ta’limiy metodlari, adabiyot darslarini tashkil etishning muammoli, evristik, interaktiv, integratsiyalashgan va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish komponentlari borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” (2018–2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-799-son ma’lumotnomasi) Natijada, Alisher Navoiy asarlaridagi milliy va umumbashariy qadriyatlar talqini asos bo‘lgani, adabiyot o‘qitish metodikasining vatanparvarlik tarbiyasi bilan bog‘liq o‘qitish mexanizmini amaliyotga joriy qilish imkoniyati kengaytirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchining vatanparvarlikka oid badiiy matnni estetik did asosida tushunishi, atamalar va yangi so‘zlarni sharhlay olishi hamda berilgan adabiy material mazmunini ochib berish va munosabat bildirish qobiliyati, adabiy ta’lim tizimida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligini ta’minlash mexanizmi, adabiyot darslarida integrativ shart-sharoitlar muhitini hosil qiluvchi aniq, o‘xshash, noan’anaviy, muammoli vaziyatlar va taqdimot darslarini kuzatish, tahlil qilish, tatbiq etish jarayonlarining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi kafolatlangan natijasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” (2018–2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-799-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasb motivatsiyasi hamda bilim darajalari ortishiga erishilgan.