Qurbonboeva Arzigul Erkinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Akrilatlar hosilalari asosidagi yangi polimer sirt-faol moddalarning olinishi, xossalari va  qo‘llanilishi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/K47.

Ilmiy maslahatchi: Ahmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidiqov Abdujalil Sidiqovich, fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: dispers sistemalarning texnik-eksplatatsion ko‘rsatgichlarini  boshqarish uchun yangi ko‘pfunksional belgilangan xossali chiziqli va siyrak tikilgan difil sopolimerlar yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

birinchi marta radikal polimerlanish reaksiyasi ishtirokida akril kislotasi, diaminlar va malein kislotasining hosilalari asosida 23 ta yangi sopolimer olingan;

akril kislotasi va diaminlar asosida tarkibida faol azot atomlari tutgan chiziqli va siyrak tikilgan sopolimerlarning maqsadli sintez qilish imkonini beradigan sharoitlar aniqlangan;

rN-muhitga bog‘liq molekulalararo vodorod, elektrostatik va ionlarning o‘zaro ta’sirlashuvi tufayli uch o‘lchamli to‘r tuzilishga ega gidrofob polielektrolit komplekslar xosil bo‘lishi isbotlangan;

buz tuproqdan olingan Bacillus sp.-26 shtammi asosida lipopeptid guruhiga mansub, emul`girlovchi xossaga ega biosurfaktant olindi;

difil sistemalar makromolekulalarining o‘ziga xos tuzilishga va tarkibiga ega polielektrolit, gidrogel, yuqori molekulyar sirt-faol moddalar, polikomplekslar va biosurfaktantning kolloid-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;

namunalarning GLB o‘zgarishi va eritma konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq sirt taranglik kattaligini vaqt bo‘yicha kinetikasini o‘rganishda birinchi marta makromolekula gidrofobligi qancha katta bo‘lsa, shuncha sekin adsorbsion muvozanatga erishishi va eritmalarning chegaraviy sirt taranglik ko‘rsatkichlari shuncha past bo‘lishi (25-37N/m∙10-3) aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy xomashyolar asosida difil strukturali sopolimerlarning ishlab chiqish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sanoat (yog‘-moy va gidroliz korxonalari) chiqindilari asosida AMK-5 reagentini olish usullari ishlab chiqilib, «Sho‘rtonneftgaz» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AKning 2017 yil 6 dekabrdagi 02/12-2-188-son ma’lumotnomasi). Natijada AMK-5 reagentini turg‘un neft` emul`siyalarini buzishda qo‘llanilganda fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari TU 2458-001-98712376-2006 va sifat pasporti bo‘yicha deemul`gatorlarga qo‘yilgan talablariga javob bergan;

yuqori qovushqoqli va og‘ir Garimston neftining deemul`satsiyalash texnologiyasi «Shurtanneftegaz»da qo‘llanilgan («O‘zbekneftgaz» AKning 2017 yil 6 dekabrdagi 02/12-2-188-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` tarkibidagi qoldiq suv miqdorini 25% dan 0,02% gacha, solishtirma zichligini 0,939g/sm3 dan 0,871g/sm3 gacha kamaytirish imkonini bergan;

mahalliy xom ashyo asosida olingan AMK-1 reagenti metall asbob-uskunalarni kislotali muhit ta’siridan himoyalashda antikorrozion vosita sifatida «Sho‘rtonneftgaz» MChJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zbekneftgaz» AKning 2017 yil 6 dekabrdagi 02/12-2-188-son ma’lumotnomasi). Natijada ingibitor sarfini 2 marta kamaytirish, metall sirtini korroziyadan saqlash samaradorligini 12% ga oshirish imkonini bergan;

mahalliy xom ashyo asosida olingan «Polimeliorant» suv va tuproq namligi tanqis bo‘lgan o‘rmon va qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy markazining maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 fevraldagi 01/05-374-son ma’lumotnomasi . Natijada tuproqning fizik-mexanik xususiyatlari, g‘ovakligi yaxshilangan, ko‘chatlarning rivojlanishi 14–16% ga oshgan, suvg‘orish ishlarini 2 marta kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish